thumb|right|250px Nataliya Sats haykali — sovet teatr rejissori, yozuvchi, dramaturg, oʻqituvchi, SSSR xalq artisti Natalya Sats hotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik. Uning nomi bilan atalgan Moskva davlat bolalar musiqali teatriga kiraverishdagi maydonda oʻrnatilgan. Haykalning ochilishi 1998-yil 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida boʻlib oʻtgan. Chunki rassomning butun hayoti va ijodi bolalarga bagʻishlangan edi. Biroq, ayrim manbalarda 2001 yoki 2003-yilda ochilgani yozilgan. Marosimda Moskva meri Yuriy Lujkov, Madaniyat vaziri Natalya Dementyeva, SSSR xalq artisti Natalya Durova va bastakor Tixon Xrennikovlar ishtirok etgan. Qurilish tashabbuskorlari Natalya Sats jamgʻarmasi, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi, Moskva madaniyat qoʻmitasi va Rossiya teatr arboblari uyushmasi edi. Moliyalashtirish Moskva hukumati hisobidan amalga oshirilgan.
Bronza yodgorligi ikki bola bilan oʻralgan yosh Natalya Satsni aks ettirgan: Qizil qalpoqcha kiygan qiz va kulrang boʻri libosidagi bolakay. Kompozitsiya Dorik uslubida ishlangan granit tagkursiga joylashtirilgan. Loyiha mualliflari — haykaltarosh Aleksandr Balashov va arxitektor Aleksandr Velikanov.
Manbalar
Adabiyotlar
SATS Turkum: alfavit haykallari