„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi“ faxriy unvoni — havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini oʻzlashtirishda, aholiga va respublika xalq xoʻjaligiga namunali xizmat koʻrsatishni tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladiOʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-sonOʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat).

Tavsifi Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida markazida ufqdan bosh koʻtarayotgan quyosh fonida samoda bulutlar uzra parvoz qilayotgan havo kemasi, pastki oʻng chekkasida — dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN GʻUQARO AVIATSIASI XODIMI“ degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Manbalar