Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1965-yil 15-noyabr, Termiz — 2026-yil 3-may Fargʻona) — sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyati 1982-yildan „Avtomobilist“ (Termiz) jamoasida oʻynay boshlagan.
1985-yilda „Surxon“ jamoasidagi sherigi Shuhrat Xoʻjaqulov bilan birga „Lokomotiv“ (Chita) klubiga oʻtgan. Yangi jamoada 2 yil davomida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.
„Paxtakor“ (Toshkent) va „Neftchi“ (Fargʻona) jamoalarida oʻynagan.
„Neftchi“ jamoasi tarkibida besh karra Oʻzbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001), ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi (1994, 1996), shuningdek, Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan (1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003).
Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 7 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasi 1994-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining final turnirida boʻlgan. Finalda Xitoy termasiga qarshi kechgan oʻyinda barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va jamoa bilan musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.
2002-yilda faoliyatini yakunlagan.
2014-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi devizionida oʻynagan „Yozyovon Lochinlari“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilingan. Unda bor-yoʻgʻi bir oy vaqt mobaynida, u jamoani birinchi ligaga bir qator „oʻq kabi“ oʻyinlari orqali olib chiqgan.
2015-yilning aprel oyi boshida Doʻrmonov boshchiligidagi jamoa mavsumni „Sharq“ hududiy zonasida birinchi ligada boshladi. Birinchi bosqich yakuniga koʻra, „Yozyovon Lochinlari“ Sharqiy zona turniri jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganiga qaramay, 2015-yilning avgustida bosh murabbiylikdan ozod etildi.
2015-yilning dekabr oyidan ukasi Rustam Doʻrmonov bilan „Neftchi“da murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.
2026-yil 3-mayda vafot etgan.
Davlat mukofotlari
"Shuhrat" medaliOʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI PRYeZIDYeNTINING FARMONI RYeSPUBLIKANING BIR GURUH SPORTChILARINI VA SPORT USTOZLARINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA Lex.uz 05.11.1994 Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi
Shaxsiy hayoti Abdusamad Doʻrmonovning ukasi Rustam Doʻrmonov ham asosan akasi bilan bir vaqtda „Neftchi“ (Fargʻona) klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. Yana bir ukasi Ravshan asosan Termizning „Surxon“ klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Manbalar
Havolar Asad Durmonov „Yozevon-Lochinlari“ bosh murabbiyi „Oʻq“. „Yozevon-lochinlari“ bilan „Cementchi“ birinchi ligada Abdusamad Doʻrmonov istefoga chiqdi Abdusamad Doʻrmonov „Neftchi“ xa qaytdi
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:15-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:FC Chita futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Yozyovon klubi murabbiylari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi murabbiylari Turkum:FarDU klubi murabbiylari Turkum:Iftixor klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari