Soib Qurbonov (1988-yil 3-fevralda Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi, 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib keladi. XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori, dzyudo boʻyicha Gran-pri sovrindori, Osiyo oʻyinlari va Jahon Universiadasi sovrindori.
Sport faoliyati Soib Qurbonov 2013-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali uchun olib borilgan bahsda germaniyalik dzyudochi Dmitriy Petersga yutqazib qoʻydi. Qozon shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Jahon Universiadasida 100-kg vazn toifasida bronza medali qoʻlga kiritadi.
U 2014-yil Inchxon shahridagi (Koreya Respublikasi) yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan jamoaviy bahslarda bronza medali sohibi boʻladi. 2015-yilda Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri turnirida bronza medalini qoʻlga kiritadi.
Soib Qurbonov 2016-yilda Toshkentdagi dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida turnir finalida Olimpiya oʻyinlari chempioni moʻgʻulistonlik dzyudochi Naidan Tuvshinbayarga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi. Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri bosqichida 100 kg gacha vazn toifasida finalda gollandiyalik Mishel Korrelaga imkoniyatni boy bergan boʻlsa, Toshkentdagi bosqichda finalda Ozarbayjonlik Jalil Shukuh ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritadi . 100 kg vazn toifasida Rio-de-Janeyro (Braziliya) birinchi davrada Yevropa chempioni ukrainalik dzyudochi Artyom Blochenkoga imkoniyatni boy berdi.
Manbalar
Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar