Fridolina Rolfö (1993-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Primera Divizioni Barselona klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.Statistics in the SFA's website
Klubdagi karyerasi Tolodan kelganidan soʻng, Rolfö oʻzining Damallsvenskandagi debyut mavsumida, 2011-yilda Jitex uchun toʻqqizta gol urdi. Uning eng yaxshi pozitsiyasi oʻng qanotda edi. U Göteborgs-Posten tomonidan 2011-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi.
Rolfö 2014-yilda Linköping bilan shartnoma imzolagan va UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Angliya chempioni Liverpul ga qarshi debyutida xet-trik qayd etgan.
2016-yilning noyabrida Rolfö Frauen-Bundesliganing amaldagi chempioni Bavariya bilan shartnoma imzolashi eʼlon qilindi. U 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab 18 oylik shartnoma imzoladi. Germaniyadagi uch mavsumining har birida Bavariya ligada VfL Volfsburgdan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladiFrauen-Bundesliga – Wikipedia.
2019-yil may oyida Frauen-Bundesliganing amaldagi chempioni VfL Volfsburg Rolfö bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
2020-yil 25-avgust kuni Rolfö Chempionlar Ligasi yarim finalida Barselona darvozasiga kiritilgan yagona gol sohibi boʻlib jamoasiga final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishda yordam berdi, ammo finalda uning jamoasi Lion ga 1:3 hisobida magʻlub boʻlishdi.
2021-yil 30-iyunda Rolfö shartnoma muddati tugaganidan keyin VfL Volfsburgni tark etdi. 2021-yilning 7-iyulida u Barselona bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 4-sentyabr kuni Rolfö Barselona safida rasmiy debyutini oʻtkazdi va u soʻnggi 18 daqiqalikda maydonga Rolfö Granadilla Tenerifega qarshi oʻyinida jamoadoshi Mariona Kaldenteyni oʻrniga maydonga tushgan. Bir hafta oʻtgach, u Real Betisga qarshi yana bir 5:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda jamoasining toʻrtinchi golini kiritdi, bu Rolfönig klub uchun birinchi golini boʻldi.
Xalqaro karyera Rolfö 2011-12-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan ayollar chempionatida Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan xalqaroProfile in UEFA's website jamoasida oʻynagan. U Shvetsiyaga Ispaniyani qoʻshimcha vaqtda 1:0 hisobida magʻlub etib, musobaqada gʻalaba qozonishga yordam berdi.
Rolföning Linköping bilan klub milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundhagening eʼtiborini tortdi, u 2014-yil 29-oktabrda Eyravallenda Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Shvetsiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida Rolföga debyut oʻyini uchun imkon berishdi. Oʻyin tugashiga besh daqiqa qolganida zahiradan maydonga tushdi oʻyinida golli vaziyatni yuzaga keltirdi, ammo nemis darvozaboni Nadin Angerer u zarbani qaytardi.
Rolfö 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib, finalda Germaniyaga imkoniyatni boy berishdi, Shvetsiyaga kumush medallar nasib etdi. Rolfö USWNTga qarshi chorak finalda jarohat olib, Oltin medal uchun boʻlgan oʻyinda maydonga tusha olmadi.
2019-yil 16-iyun kuni Rolfö 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Tailand ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi golini kiritdi.
Rolfö 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Shvetsiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. U Shvetsiyaning Yangi Zelandiyaga qarshi guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinidan tashqari barcha oʻyinlarda maydonga tushdi. U beshta oʻyinda uchta gol urdi, Shvetsiya finalda Kanadaga penaltilar seriyasida 2:3 hisobida magʻlub boʻldi va yana kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Karyera statistikasi
thumb
thumb
thumb Klublarda KlubMavsumLigaKubokBoshqaUWCLJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolJitex2011Damallsvenskan21920––239201216330––193201322410––234Jami591660––6516Linköping2014Damallsvenskan20830––238201518331005426820161354711–18132017–10––10Jami511611811546829Bayern Munich2016–17Frauen-Bundesliga5000–00502017–1819922–2123122018–1916911–622312Jami401833–835124VfL Wolfsburg2019–20Frauen-Bundesliga11610–421682020–2114330–51224Jami25940–933812Barcelona2021–22Primera División26930211134213Karyerada jami20168271132331326494 Oʻyin Sana Manzil RaqibOʻyinga tushish Min Hisob Natija Musobaqa 2017-yilgi Yevropa chempionati 2017-07-17 BredaGermaniya56-daqiqada almashtirildi0-0 Guruh oʻyini 2017-07-21 DeventerRossiya46-daqiqada maydonga tushdi2-0 Guruh oʻyini 2017-07-25 DoetinchemItaliya46-daqiqada maydonga tushdi2-3 Guruh oʻyini 29.07.2017 Doetinchem Niderlandiya73-daqiqada almashtirildi0-2 Chorak final
Yutuqlar
thumb
thumb Linköping
Damalsvenskan : 2016-yil Svenska Kupen : 2013–14, 2014–15
VfL Volfsburg
Frauen-Bundesliga : 2019–20 DFB-Pokal Frauen : 2019–20, 2020–21
Barselona
Primera divizioni : 2021–22 Ispaniya Superkubogi : 2021–22
Shvetsiya
Yozgi Olimpiya oʻyinlari : kumush medal, 2016, 2020 FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : Bronza medali, 2019-yil
Shvetsiya U19
19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2012-yil gʻolibi
Shaxsiy yutuqlar
Fotbollsgalan Diamantbollen : 2021-yil Fotbollsgalan Shvetsiyada yilning eng yaxshi hujumchisi: 2021-yil Fotbollsgalan Shvetsiyada yilning eng yaxshi goli: 2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayol futbol hujumchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar