Abolitsiya — qonun yoki boshqa huquqiy hujjatni bekor qilish. Rimliklar abolitsiyani uch xil koʻrinishini farqlashgan:
1) abolitio generalis sive publica, ya'ni muayyan bayram munosabati bilan yoki ijtimoiy ofat vaqtida mahkumlarni ozod qilishdan iborat boʻlgan;
2) abolito ex lege, yaʼni sudya tomonidan ayblov xujjatida yoʻl qo'yilgan formal xato munosabati bilan berilgan ayblanuvchining iltimosnomasiga koʻra ayblovni bekor qilish;
3) abolito privata, yaʼni xususiy ayblovchi tomonidan rad etishga imkoniyat berilishi.
Keyinchalik abolito speciali, ya'ni jinoyat sudining harakatini yoʻq qilish va amnistiya maʼnosidagi abolito generalis, oddiy abolito, farqlana boshlangan.
Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi
Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar