thumb| Yomgʻir tomchisi tufayli sachrayotgan suv va tuproq
Petrichor () — yomgʻir yogʻganda quruq tuproqdan taraladigan yer hidi, qadimgi yunoncha pthtra (pétra) yoki pthros (pétros) — tosh va ἰχώr (ikhṓr) — suyuqlik, yunon afsonalaridagi xudolar qoni soʻzlaridan tashkil topgan.
Kelib chiqishi Ushbu hodisa 1964-yilda oʻz nomini olishidan ancha oldin, ilmiy doiralarda eʼtibor markazida boʻlgan va muhokama qilingan.
1891-yil 17-aprelda Thomas Lambe Phipson [fr] (1833-1908) tomonidan ushbu hodisaga qisqacha berilgan izoh The Chemical NewsPhipson, T.L., Cause of the Odour Emitted by the Soil of a Garden after a Summer Shower", The Chemical News, Vol.63, No.1638, (17 April 1891, p.179. da paydo boʻldi, bir oy oʻtgach esa toʻliq holidaThe Scientific American da qayta nashr etildi. Unda olim tomonidan shunday deyilgan edi: "Yigirma besh yildan koʻproq vaqtimni olgan ushbu mavzu yaqinda professor Berthelot va Monsieur G. Andrening eʼtiborini tortgan „Kimyoviy yangiliklar“Specific Odour of Soil", The Chemical News, Vol.63, No.1637, (10 April 1891), p.179. ning oxirgi sonidagi sahifalarida paydo boʻldi".
Phipson 1891-yil 23-aprelda Fransiya fanlar akademiyasining yigʻilishida Berthelot va Andre tomonidan oʻqilgan va Comptes Rendusning 112-jildida (1891) chop etilgan „Sur l’Odeur propre de la Terre“ („Yerning toza hidi haqida“) nomli qisqa maqolani nazarda tutgan edi.
Phipson davom etadi: „1865-yilga oid eski eslatmalarimni kuzatar ekanman, qachonlardir nashr qildirgan bu kuzatishlar natijalari shubhali boʻlib tuyuldi; chunki hozirgina nomlarini tilga olgan taniqli kimyogarlarim muammoni toʻliq yechishmagan edi va men esa ancha oldin topgan natijalarni berishga shoshildim“. Uning nazariyasiga koʻra ushbu hid „… oʻsimliklarning efir moylari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan organik moddalar mavjudligi sababli kelib chiqadi …“ va bu moddalar tuproqqa singib ketgan „… minglab gullar chiqaradigan xushboʻy hidlar …“ dan iborat va faqat yomgʻir tushgandagina bilinadi. Uni ajratib olishga ketgan bir qancha urinishlardan soʻng, u „… sadr daraxtidan olinadigan bromo-sedren bilan bir xil boʻlmasa ham, juda oʻxshashligini“ aniqlaydi.
Bu hodisa birinchi marta 1964-yil mart oyida avstraliyalik tadqiqotchilar Isabel Bear va Dick Thomas tomonidan Nature jurnalida chop etilgan maqolada ilmiy jihatdan tasvirlanadi Apparently, the printed text is a copy from CSIRO journal Ecos, issue February 1976, p. 32... Thomas „petrichor“ atamasini ilgari „shirali hid“ tarzida maʼlum boʻlgan hodisaga ishora qilish uchun kiritadi. Maqolada mualliflar hidning yogʻingarchil boʻlmagan davrda baʼzi oʻsimliklar chiqaradigan yogʻdan qanday kelib chiqishini, shundan soʻng asosan loydan tashkil topgan tuproq va toshlarga singib ketishini tushuntiradilar. Yomgʻir paytida yogʻ boshqa birikma, geosmin bilan birga havoga chiqib ketadi, bu esa baʼzi aktinobakteriyalarning metabolik qoʻshimcha mahsuloti, jumladan, streptomitslar nam tuproq tomonidan chiqariladi va oʻziga xos hid hosil qiladi; chaqmoq boʻlsa, ozon ham mavjud boʻlishi mumkin. Jurnalning keyingi sahifalarida Bear va Thomas (1965) yogʻ urugʻlarning unib chiqishini va oʻsimliklarning erta oʻsishini sekinlashtirishini koʻrsatib beradi.
Mexanizm Yomgʻir tomchisi gʻovakli sirtga tushganda, gʻovaklardagi havo kichik pufakchalar hosil qiladi, ular sirtga suzib chiqadi va aerozollarni hosil qiladi. Bunday aerozollar hid, shuningdek, tuproq tarkibidagi bakteriyalar va viruslarni ham olib yuradi. Sekinroq harakatlanadigan yomgʻir tomchilari koʻproq aerozol hosil qiladi; bu yengil yomgʻirdan keyin nega petrikor koʻproq taralishini tushuntirishga xizmat qiladi. Ushbu aerozollarni ishlab chiqarish uchun bakteriyalarning Aktinomisetlar guruhi aʼzolari javobgardir.
Inson burni geosminga juda taʼsirchan va uni milliardga 0,4 qismdan past konsentratsiyalarda aniqlay oladi. Baʼzi olimlarning fikriga koʻra insonlarning yomgʻir hidini yaxshi koʻrishiga sabab qadimda odamlar omon qolishi uchun yomgʻirga ishonganligi boʻlishi mumkin. Choʻldagi tuyalar ham suv manbarini topishda petrikorga, yaʼni nam tuproq hidiga tayanishadi.
Shuningdek Dimethyl sulfide — One of the molecules responsible for the odour of the sea Geosmin — Chemical compound responsible for the characteristic odour of earth
Manbalar
Havolalar Kuniga bir soʻzda „Petrichor“ Oksford ingliz lugʻatidan Petrichor, Buyuk Britaniya Met-ofisi. Nima uchun yomgʻirdan keyingi hid juda yoqimli? Petrichor hodisasi Petrichor — Nima uchun biz yomgʻir hidini yaxshi koʻramiz.
Adabiyotlar Bear, IJ & Thomas, RG (sentabr 1966), „Genesis of Petrichor“, Geochimica et Cosmochimica Acta, Vol. 30, № 9, bet. 869-879.
Turkum:Yomgʻirlar Turkum:Hidlar Turkum:Aerozol