Navoiy — Oʻzbekistonning Navoiy viloyatidagi shahar. Bu shahar Navoiy viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Ushbu shaharda temir yoʻl stansiyasi avtotransport yoʻllarining muhim tuguni boʻlib, Toshkentdan 509 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi — 161 300 kishidan iborat (2024).

Tarixi Navoiy shahri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oʻrnida choʻl boʻlgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, oʻtmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda temir yoʻl stansiyasi va bir qishloq boʻlgan, hozir bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentyabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro viloyati tarkibida boʻlib keldi.

Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, un kombinati, non kombinatlari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qizilqumsement korxonasi, paxta tozalash zavodi, mashinasozlik zavodi (NMZ), sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari mavjuddir. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan oshiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan „Agama“, „Zerispark“ korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan oshiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Sarmishsoy darasi Navoiydan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan hamda u „dunyodagi eng katta tosh devorlar galereyasi“ sanaladi.

thumb|100px|left|Navoiy shahrining 1987-yil 19-noyabrda qabul qilingan gerbi

Geografiyasi Hududi Navoiyning hududi 35 km² dir. Shahar Navoiy viloyatining janubidagi Zarafshon daryosi yaqinida, Toshkent shahridan 360 km janubi-gʻarbda joylashgan. Samarqandgacha boʻlgan masofa 140 km, Buxorogacha — deyarli 100 km. Shahardan shimolidan Zarafshon daryosi oqadi. Shahar chekkasidan 10 km shimolda, Zarafshon daryosi qirgʻoqlaridan tashqarida Nurota togʻlari choʻzilgan.

Iqlimi Navoiyning iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishda havo ancha sovuq, yozda boʻlsa ancha issiqdir. Bahor va kuzda koʻp yomgʻir yogʻadi, ammo yozda yogʻingarchilik koʻp boʻlmaydi.

Navoiyda yozlar uzun boʻlib, odatda maydan sentyabrgacha davom etadi. Yoz oylarida havo keskin isishi mumkin. Shaharda yoz oylarida juda oz yogʻingarchilik kuzatiladi, ayniqsa iyundan sentyabrgacha. Yozda harorat +54 °C gacha chiqishi, qishda −18 °C gacha tushishi mumkin. Anomal sovuq kam uchraydi.

Qish (oʻrtacha sutkalik harorat 0 °C dan past boʻlgan davr) oʻrtacha noyabrning 3-oʻn kunligidan martning 2-oʻn kunligigacha davom etadi. Kalendar qishda qisqa (3-8 kun) sovuqlar kuzatilishi mumkin (kechasi harorat −12 °C gacha, kamdan-kam hollarda −18 °C gacha). Oʻtish fasllari juda qisqa. Iyun va iyul oylarida kunlik harorat odatda 45 darajadan oshadi (yoz mavsumida oʻrtacha 30-40 kun).

Maʼmuriyat Hokimlar roʻyxati +Navoiy shahri hokimlari roʻyxatiNo.HokimBoshlanish vaqtiTugash vaqtiManba 1 Bahodir Joʻrayev 20092013 2 Neʼmatillo Axatov 2013 2017 3 Umarbek Xalilov 2017 2020 4 Muxiddin Bazarov 2020 20225Muratxan Egamqulov202220236Dilmurod Ergashev2023h.v.

Demografiyasi Navoiy shahrida 161 300 nafar aholi istiqomat qiladi (2024). Bunda, oʻzbeklar — 88,7%, qozoqlar — 3,6%, qoraqalpoqlar — 2,3%, ruslar — 1,6%, tojiklar — 1,4%, tatarlar — 0,6% va boshqa millat vakillari — 1,8%ni tashkil etadi. Aholi zichligi — 4608.6 kishi/kvadrat kilometr. Navoiy Oʻzbekistondagi shunday shaharlardan biri boʻlib, u yerda ruslar va umuman rusiyzabonlar umumiy aholining 4% dan ortigʻini tashkil qiladi.

SSSR parchalanishi va aholining Rossiya va boshqa mamlakatlarga chiqib ketishining keskin kuchayishi munosabati bilan Navoiyda oʻzbeklarning ustunligi va ularning sonining koʻpayishi tendentsiyasi bilan milliy tarkibning nisbati oʻzgardi.

Madaniyati thumb|right|200px|Alisher Navoiy haykali. Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti), 3 ta akademik litsey, 18 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta muzey — Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navroʻz madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (Soʻgʻdiyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—1960-yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan.

Shuningdek, 2001-yilda Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bogʻi ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Iqtisodi Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot, Qizilqumsement va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi.

Quyidagilar shaharda joylashgan:

„Navoiyazot“ AJ (kimyo zavodi), Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ („NKMK“ AJ) , „Qizilqumsement“ AJ (Oʻzbekistondagi eng yirik sement zavodi), Navoiy mashinasozlik zavodi, oltinni qayta ishlash zavodi, elektrokimyoviy zavod, paxta tozalash mashinasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Navoiy GRES (viloyat energetikasining asosi).

Barcha ishlab chiqarish korxonalari shaharning gʻarbiy chegarasi yaqinidagi sanoat zonasida (turar-joylardan 2 km uzoqlikda) toʻplangan.

Transporti Navoiy — Oʻzbekistondagi eng yirik transport markazlaridan biri. Navoiy xalqaro aeroporti shahardan 12 km gʻarbda joylashgan boʻlib, u Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Oʻzbekistonning boshqa yirik shaharlaridagi aeroportlar, shuningdek, Moskva Vnukovo xalqaro aeroporti bilan aloqaga ega. Navoiyning janubida yuk va yoʻlovchi tashishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻl vokzali joylashgan. Shahar jamoat transporti Navoiyda avtobuslar, qatnovchi taksilar (Daewoo Damas avtomobillari), shuningdek, xususiy va jamoat taksilari (asosan Daewoo Nexia, Daewoo Matiz, Daewoo Gentra, Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Epica) mavjud.

Diqqatga sazovor joylari Bu yerga va yaqin atrofdagi shaharlarga kelgan fuqarolar va sayyohlar uchun sevimli dam olish maskanlaridan biri bu Janubiy Park boʻlib, uning hududida stadion, basseyn va kinoteatrlar mavjud.

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti Rasmiy sayti Gov.uz NGMK.uz

Turkum:Alisher Navoiy sharafiga nomlangan joylar Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Navoiy viloyati shaharlari Turkum:Navoiy shahar