Oybek Raxmonbekovich Usmonxoʻjayev (1972-yil 13-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va hujumkor yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyati Klublardagi faoliyati Sovet davrida "Sohibkor", „Shaxtyor“ (Angren), "Navbahor" kabi klublarda quyi ligada oʻynagan, shuningdek, yarim mavsumni "Paxtakor" dubli oliy liga oʻyinchilari safida oʻtkazgan.

SSSR parchalanganidan soʻng "Navbahor" va "Nurafshon" (Buxoro) jamoalarida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynay boshlagan. 1994-yilgi mavsumda Toshkent „MHSK“ga oʻtib, jamoa bilan oltin (1997), kumush (1995) va bronza (1996) chempionlik sovrinlarini qoʻlga kiritgan. Uch yarim yil ichida 60 ta gol urib, jamoaning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 22 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni zabt etgan.

1998-yilgi mavsumda oʻsha mavsum chempioni boʻlgan „Paxtakor“ safida toʻp surgan, ammo asosiy tarkibga kira olmay, bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1998-yilda ham "Buxoro" safida oʻynagan. 1999-yili "Doʻstlik" tarkibida mamlakat chempioni boʻlgan, chempionat toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda esa 22 ta gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan.

1999-yilda ilk bor xorij klubi Bolgariyaning „Maritsa“ (Plovdiv) klubiga oʻtgan. Biroq Oybek klubga uzoq vaqt moslasha olmaydi. 2000-yilda "Samarqand-Dinamo"da oʻynab, Muhsin Muhammadiyev bilan ajoyib juftlik oʻyinini namoyish etib, jamoaning toʻrtinchi oʻrinni egallashiga katta xissa qoʻshgan va jamoa shu yili Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2001-yilda Usmonxoʻjayev yana xorijga — Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ klubiga oʻtib, u yerda 27ta oʻyin oʻtkazgan va 7ta gol urgan.

Keyinchalik "Nasaf", "Doʻstlik" va "Navbahor" jamoalarida oʻynagan. Faoliyatining soʻngi yillarida bir necha mavsumni Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 157 ta gol kiritgan. Faoliyati davomida toʻrt mavsumda 22 ta gol urgan (1995, 1997, 1999, 2000) va bir necha bor mavsumdagi gollari 10 tadan oshib ketgan. 2018-yil holatiga koʻra, Oʻzbekiston chempionatlarida gol urish boʻyicha tarixda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Jamoadagi faoliyati 1992-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Turkmanistonga qarshi Markaziy Osiyo kubogi bahsida 66-daqiqada Rustam Abdullayev oʻrniga maydonga tushgan. 2000-yilgacha terma jamoada tartibsiz oʻynashda davom etib, jami 10 ta oʻyinda biror marta ham raqib darvozasini ishgʻol eta olmagan.

Murabbiylik faoliyati 2010-yildan Oʻzbekiston yoshlar (U19) terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi. "Olmaliq"da selektsioner boʻlib ham ishlagan. Faxriylar oʻyinlarida ham ishtirok etganV chest vidayuщixsya futbolistov.

Yutuqlari MHSK Toshkent jamoasi tarkibida: Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1997-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995-yil

Paxtakor bilan: Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1998-yil

Doʻstlik jamoasi tarkibida:

Oʻzbekiston ligasi gʻolibi: 1999-yil

Shaxsiy yutuqlari Gennadiy Krasnitskiy klubi: 194 ta gol Berador Abduraimov klubi 200: 205 ta gol

Manbalar

Havolalar

Oybek Usmonxoʻjayev Footballfacts saytida

Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:FC Maritsa Plovdiv futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari