Alexandra Danielle Ainsworth (; 1992-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan amerikalik aktrisa. U „General Hospital“ filmidagi Kristina Davis, „Shameless“ filmidagi Amber va 2015-yilda „A Girl Like Her“ filmidagi Jessica Burns rollari bilan tanilgan.

Yoshligi Ainsworth Oklahoma shahrida tugʻilgan. U olti yoshida mahalliy balet toʻgaraklari sahnalarida raqsga tusha boshlaydi. Bu uning bir nechta teatr spektakllarida, masalan, "Oz sehrgari" (qoʻzgʻolonchi sifatida) va „To Kill A Mockingbird“ (skaut sifatida) kabi kinolardagi rollarda paydo boʻlishiga olib keladi.

Ainsworth asosan uyda taʼlim olgan.

Faoliyati New York va Los-Angelasdagi aktyorlik lagerlarida qatnashgandan soʻng, Ainsworth milliy miqyosda efirga uzatiladigan Barbie dolls uchun oʻzining birinchi yirik reklamasini qoʻyadi. Yana bir nechta reklama roliklaridan soʻng u „Caroline Crossing“ qisqa metrajli filmida bosh rolda paydo boʻladi va keyinchalik, 2007-yilda filmida qotillik qurboni Grace Buddni tasvirlaydi.

2009-yil iyun oyida u Kristina Davis sifatida General Hospitalning aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi, buning uchun u 2011-yilda Daytime Emmy mukofotiga nomzod boʻladi; Ainsworth 2015-yilda rolga qaytadi.

2015-yilda Ainsworth, shuningdek, „A Girl Like Her“ filmida qoʻrqitish natijasida oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetgan oʻrta maktab oʻquvchisi Jessica Berns rolini ham ijro etadi.

2017-yilda Ainsworth General Hospitaldagi Kristina Devis roli uchun Daytime Emmy Award for Outstanding Younger Actress in a Drama Series mukofotini qoʻlga kiritadi.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2006Caroline CrossingCaroline Price2007The Gray ManGrace BuddEski nomi: Wisteria: The Horrible Story of Albert Fish2008Wild ChildMolly Moore 2013So This Is ChristmasAshley2015A Girl Like HerJessica BurnsEski nomi: The Bully Chronicles

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2005Medical InvestigationKaitlin RonsonEpizod: 1.162005Gilmore GirlsTillieEpizod: „Let Me Hear Your Balalaikas Ringing Out“, „Just Like Gwen and Gavin“2007iCarlyLexiEpizod: „iLike Jake“2009-2011, 2015-presentGeneral HospitalKristina Davis2012Criminal MindsAbby MillerEpizod: „I Love You, Tommy Brown“2013WestsideNico Carver2014ChosenCassidy4ta epizod2014Death CliqueSara Cowan2015iZombieTateepizod: „Dead Rat, Live Rat, Brown Rat, White Rat“2015Teen WolfBethepizod: „Lies of Omission“2016Rizzoli & IslesClaireepizod: „Shadow of Doubt“2017-2018Major CrimesElla4ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalar +Aktyorlik mukofotlari va nominatsiyalar roʻyxatiYilMukofotKategoriyaSarlavhaNatijaHavlDaytime Emmy AwardOutstanding Younger Actress in a Drama SeriesGeneral Hospital Young Artist AwardBest Performance in a Daytime TV Series — Young ActressGeneral Hospital Young Artist AwardBest Performance in a Daytime TV Series — Young ActressGeneral Hospital Daytime Emmy AwardOutstanding Younger Actress in a Drama SeriesGeneral Hospital

Manbalar

Havolalar

Lexi Ainsworth on General Hospital abuse storyline, 28-iyun, 2017-iyul.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar