Auditor ( – tinglovchi, oʻquvchi; ) – malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan boʻlsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik – huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, u auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz oʻtkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatlarida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar boʻladi. Auditor malaka serifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida boʻlsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi.
Manbalar
Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi maqolalari Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquq