Timurxon (Timur) Anvarovich Timashyov (1969-yil 16-iyul) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, yarimhimoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan.
Biografiyasi Futbolchilik faoliyati 1990-yilda „Yangiyer“ klubi azosi boʻlgan. 1991-yilgi mavsumda SSSR ikkinchi quyi ligasining 9-zonasida Toʻrtkoʻlning „Toʻrtkoʻlchi“ klubi safida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Shundan soʻng 1992-yildan 1993-yilgacha yana „Yangiyer“ jamoasi safida toʻp surgan. Oʻzbekiston oliy ligasida 55 ta uchrashuv oʻtkazib, 2 ta gol urgan.
1994-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan. Soʻngra Novotroitskning „Nosta“ jamoasi tarkibiga qabul qilingan. 1995-1997-yillar davomida „Nosta“ safida Rossiya ikkinchi ligasining 102 ta oʻyinida ishtirok etib, jami 5ta gol urgan. 1998-1999-yillar davomida yana Oʻzbekiston chempionatida „Nasaf“ safida oʻynagan va bu vaqt oraligʻida 38 ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan.
Timashyov 2001-yilgi mavsumni Bavli shahrining JTJ „Neftyanik“ klubida boshlab, „Kolomna“da yakunlagan. Timurxon bu mavsumda Rossiya ikkinchi ligasi turnirida 23 ta uchrashuv oʻtkazib, 1 ta gol urgan. Keyingi yili Izobilnenskiyning „Spartak-Kavkaztransgaz“ va Ulan-Udening „Selenga“ jamoalarida toʻp surgan. „Spartak-Kavkaztransgaz“ safida 16 ta, „Selenga“ tarkibida esa 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
2004-yildan 2006-yilgacha „Pozis“ (Zelenodolsk) jamoasida LFL chempionatida ishtirok etgan. 2008-yil apreldan iyungacha Krasnodar oʻlkasi chempionatida Pavlovskayaning „Kolos“ jamoasida toʻp surgan.
Manbalar
Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:To‘rtko‘lchi klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari