Katherine Bailess (1980-yil 24-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va raqqosa. CW telekanalining „One Tree Hill“ serialida Erica Marsh, Gilmore Girls serialidagi „Life and Death Brigade“ aʼzosi Stephanie rolini va VH1 seriali Hit the Floorda Kyle Hart rolini ijro etgani bilan mashhur.

Yoshligi Bailess Missisipi shtatining Vicksburg shahrida Natalie va Bobby Bailess oilasida tugʻilgan. Uning otasi advokat, Missisipi universitetidagi Ole Miss Rebels futbol jamoasining sobiq himoyachisi edi. U 4 yoshida klassik raqs bilan shugʻullana boshlaydi. Shuningdek, u bolaligida gimnastika va quvnoq musobaqalarda ham qatnashgan. 11 yoshida Bailess televidenie orqali MIss Missisipi tanlovida raqqosa sifatida ishtirok etadi va 7 yil davomida tanlovda qatnashishni davom ettiradi. U New Yorkdagi Broaadway raqs markazida va Floridadagi Ann Reinkingning Broadway teatr loyihasida raqsni oʻrganish uchun stipendiyalarni qoʻlga kiritadi. St. Francis Xavier monastiri maktabida, keyinroq St. Aloysius Catholic High Schoolda tahsilni davom ettiradi va uni 1998-yilda tamomlaydi. Marymount Manhattan kollejiga borishdan oldin u musiqali teatr va raqsni oʻrgangan. Kollejdan soʻng Bailess William Esper studiyasining ikki yillik intensiv dasturida oʻqishni davom ettiradi.

Faoliyati Bailess 2003-yilda suratga olingan „From Justin to Kelly“ filmida Alexa rolini hamda Universalning 2004-yilda suratga olgan „Bring It On Again“ filmida Colleen Lipman rolini oʻynagan. Uning televizion shartnomalari orasida mashhur WB shoulari boʻlmish Gilmore Girls va One Tree Hill shoularida takrorlanadigan rollari mavjud. Katherine shuningdek, Fox suratga olgan The Loopda, Sordid Lives serialida va NCISda ham mehmon rollarni ijro etgan. Bailess Julia Fauler tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan „Shit Southern Women Say“ YouTube komedik serialida ham rol oʻynagan.

U „Elle: A Modern Cinderella Tale“ filmida hamkorlik qilgan. Bailess „The Luv' (The Bounce)“, „Wish Upon a Star“, „Thatʼs the Way Way It like it“ va „Brighter Star“ treklarida From Justin to Kelly saundtrekida ham ishtirok etgan. 

Bailess VH1 ssenariysi bilan yozilgan Hit the Floor serialida Kyle Hart rolini ijro etgan.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2001The BootleggerAngieQisqa metrajli filmYoga/Pilates Workout SystemHerselfVideo2003From Justin to KellyAlexa2004Bring It On AgainColleen LipmanVideo2006Jackass Number TwoDancerankreditedSea of FearKate2010Elle: A Modern Cinderella TaleStephanieShunindek, produserBelow The BeltwayHope P.2012Stone MarkersNewscasterMacedo: CaughtDancerQisqa metrajli filmPrickHot Blonde20132 Dead 2 KillAnna Falactic2017A Very Sordid WeddingGreta Waring2019The Naughty List Keegan Collieryakunlangan

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2004Gilmore GirlsGirl1ta epizodStephanie2005One Tree HillErica Marsh6ta epizod2006NCISMadison1ta epizod2007The LoopWende2ta epizodThe 15th Annual Movieguide AwardsHerselfTelevizion film2008New Now Next AwardsTelevizion koʻrsatuvSordid Lives: The SeriesNurse Waring3ta epizod2012Class with Chadwick ChubbSexy Female DetectiveTelevizion film2013—2018Hit the FloorKyle HartBosh rollardan biri2013Do Something AwardsHerselfTelevizion koʻrsatuvAfterBuzz TVhayʼat aʼzosi2014Anger ManagementSusie1ta epizod2015VH1 Big in 2015 with Entertainment WeeklyHerselfTelevizion koʻrsatuv2016The Playboy Morning Show1ta epizodNoches con PlatanitoTMI HollywoodHost-VariousBonesKelsey WhitneyHome & FamilyHerself2ta epizod2016—2017Another BlackoutMarcy2ta epizod2018Deadly MatrimonySara RossTelevizion film2020Dashing on DecemberWillaTelevizion film

Manbalar

Havolalar

Katherine Bailess rasmiy veb-sayti

Ketrin Beyless VH1

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar