Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari — sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi: Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; Manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs bergan boʻlsa; Sud ayni bir taraflar oʻrtasidagi ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa; Ishni oʻzlarining ishtirokisiz koʻrishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas deb hisoblasa; Ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa. Ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollarda ish yuritish sudning ajrimiga binoan tamomlanadi.Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi maqolalari Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar