Yevgeniy Vladimirovich Makeyev ( ; 1989-yil 24-iyulda tugʻilgan) – Rossiya futbol assotsiatsiyasining oʻyinchisi, Moskvaning Veles klubida chap qanot yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati U 2009-yilning 15-martida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda futbol boʻyicha Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan.
Makeyev ikkala qanotda yarim himoyachi sifatida oʻynay oladi, lekin u asosan chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushiriladi.
2010-yil 15-sentabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Fransiyaning ''Marsel ' klubiga qarshi oʻyin oʻtkazgan.
2014-yil 5-sentabr kuni „Spartak“ klubi stadionining ochilish oʻyinida, Murat Yakin boshchiligida „Spartak“ Serbiyaning „Srvena Zvezda“ jamoasi bilan durang oʻynagan (1:1). Oʻsha oʻyinda Makeyev asosiy tarkibda maydonga tushgan.
U 2018-yil 23-avgustda „Rostov“ bilan shartnomasidan jamoa bilan oʻzaro kelishuvga koʻra ozod qilingan.
2019-yil 15-fevralda u Volgogradning Rotor klubi bilan shartnoma imzolagan.
2019-yil 4-iyulda u Armanistonning „Ararat Yerevan“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
2020-yil 23-sentabrda u „Rosich“ havaskorlar klubida debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati Makeyev 2011-yilda 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan Rossiya U-21 terma jamoasining asosoiy tarkibida oʻynagan.
2011-yil mart oyida u birinchi marta futbol boʻyicha Rossiya terma jamoasiga chaqiruv olgan. U milliy terma jamoadagi debyutini 2011-yilning 29-martida Yuriy Jirkovning oʻrniga oʻyinning ikkinchi yarmida zahiradan maydonga tushganidan soʻng Qatarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. 2014-yilning 18-noyabrida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida yana terma jamoa safida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti Uning otasi Vladimir Makeyev 1990-yillarda Rossiya birinchi ligasida „Jemchujina Sochi“, „Baltika Kaliningrad“ va „Chkalovets Novosibirsk“ klublarida oʻynagan.
Faoliyati statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSheksna Cherepovets2006PFL28110-291200714110-151Jami4222000442Spartak Moscow2007RPL00000000200800000000200920221-223201022010602902011-1235140704612012-1322020703102013-1424020202802014-1525020-2702015-1615010-1602016-1720001030Jami16531412302024Spartak-2 Moscow2014-15PFL10--102016-17FNL51--51Jami61000061Rostov2017-18RPL16020-180Sochi2018-19FNL7000-70Rotor Volgograd2018-19FNL4020-40Ararat Yerevan2019-20Amaniston premier ligasi8000-80Metallurg Bekabad2021Oʻzbekiston Super Ligasi2000-20Karyerada jami25061812302917
Yutuqlari Spartak Rossiya chempionati 2017 Rossiya chempionatining kumush medal sovrindori (2) 2009 2012 Spartak 2 Gʻarb mintaqasida PFL gʻolibi 2014/15 Shaxsiy yutuqlari Rossiya chempionatining eng yaxshi 33 futbolchisi № 3 (2010)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Spartak-2 Moskva futbolchilari Turkum:FC Cherepovets futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:FC Rotor Volgograd futbolchilari Turkum:PFC Sochi futbolchilari Turkum:FC Ararat Yerevan futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:FC Veles Moskva futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Armaniston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Armanistondagi muhojir erkak futbolchilar