Stanislav Andreyev (1988-yil 6-mayda, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik murabbiy va sobiq futbolchi, Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubining 21 yoshgacha jamoasi murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida chap qanot himoyachisi va yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynagan. 2009—2017-yillar davomida Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Stanislav Andreyev Toshkentning „Paxtakor“ futbol maktabida tahsil olgan. 2006-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan, keyinchalik quyi divizionlarga tushib ketgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo shahrining „Toʻpalang“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2007-yilda „Paxtakor“ asosiy jamoasi skautlari va murabbiylarining eʼtiborini tortgan. Oradan hech qancha vaqt oʻztmasdan Stanislav Andreyev „Sherlar“ tarkibiga kelib qoʻshilgan. Paxtakor jamoasi bilan birga u 2007-yilda Hamdoʻstlik chempionlari kubogida goliblikni qoʻlga kiritib, kubokni boshi uzra baland koʻtargan. Stanislav 10 dan ortiq futbol mavsumini „Paxtakor“ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida oʻtkazgan, 200 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib, Paxtakorning haqiqiy himoya devoriga aylangan. Oʻzbekiston chempionatlarining koʻp karra chempinligini hamda kumush bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

2018-yilgi mavsum yozida „Paxtakor“ jamoasidagi raqobat sabali klubni tark etgan va Toshkent viloyatining „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga ijara asosida mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan. 2019-yilgi mavsum avvalida Paxtakor bilan shartnomasi yakunlangan va Bekobod jamoasi bilan erkin agent sifatida yangi shartnoma imzolagan. Bekobod jamoasi tarkibida 3 mavsum davomida oʻynagan va jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

2022-yilgi mavsumda „Navbahor“ jamoasi murabbiyi, sobiq ustozi Samvel Babayan taklifi bilan Namangan jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Navbahor klubida bir mavsum davomida oʻynadi, Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston kubogida sovrindor boʻlgan.

2023-yilgi mavsum avvalida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Uch yillik mavsumdan soʻng, 2025-yil yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Terma jmoadagi faoliyati Andreyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2009—2017-yillarda oʻynagan. Terma jamoa bilan 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. U jami 40 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Xalqaro maydondagi gollar GolSanaJoyRaqibNatijaHisobTurnir 1. 2012-yil 25-fevral Jeonju World Cup stadioni, Chonju, Janubiy Koreya 2-3 2-4 Oʻrtoqlik 2. 2015-yil 17-noyabr Grand Hamad stadioni, Doʻha, Qatar 3-0 3-1 2018-yilgi jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2007, 2012, 2014, 2015 Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sovrindori (3): 2008, 2009, 2010, 2022 Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sovrindori (1): 2011, 2017-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi (3): 2007, 2009, 2011 Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1): 2008, 2022-yil MDH kubogi gʻolibi: 2007 MDH kubogida kumush medali sovrindori: 2008

Manbalar

Havolalar

Stanislav Andreyev Footballfacts saytida Stanislav Andreyev Playmakerstats saytida Stanislav Andreyev Transfermarkt saytida Stanislav Andreyev NFT saytida Stanislav Andreyev Soccerway saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Toʻpalang klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Sportchilar