Avaz Oxun (Avazbek Anvarbekovich Azizoxunov) (27-aprel, 1983-yil, Asaka, Andijon, Oʻzbekiston SSR) — badiiy soʻz ustasi, qiziqchi, „Shuhrat medali“ sohibi. Biografiyasi

Avaz Oxun 1983-yil 27-aprelda Andijon viloyati, Asaka tumanida tavvalud topgan. Oilada 4 farzandning birinchisi. 2002-yil Andijonda maktabni tamomlaydi, 2006-yilda esa Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini bitirgan. Birinchi ustozi Muhammad Aziz Hasanov (qiziqchi) maktabdanoq sahnaga yetaklagan. 2009-yilda Xurshida Azizoxunova bilan oila qurgan.https://www.youtube.com/watch?v=01v0QVUAqzM 4 farzandning otasi. Ustozi Hojiboy Tojiboyevning yoʻlidan yurib koʻpchilikning hurmatiga sazovor boʻlgan. Avazbek Avaz Oxun taxallusi bilan shuhrat qozongan va hozir ham shu nom ostida ijod qiladi.

Faoliyati Maktab davridayoq kichik sahnalarda va tadbirlarda faol qatnashadi. Sanʼatga 2003-yilda qadam qoʻyib, oʻzining kichik konsertlarini xalqqa taqdim qiladi. Avaz Oxun barcha hazillarini oʻz hayotidan kelib chiqib yozadi. Oʻzining yakkaxon konsertini taqdim etishdan oldin „Kulduring“, „Kulgu“ kabi koʻrsatuvlarda oʻz hazillari bilan qatnashib kelgan. Dastlab qiziqchi Valijon Shamshiyev bilan konsert qoʻyishadi, soʻngra Mirzo teatriga taklif etiladi. Teatrda 3 yil davomida faoliyat yuritib, 2014-yilda oʻzining ilk yakkaxon konsertini Turkiston sanʼat saroyida namoyish qiladi.https://www.youtube.com/watch?v=a0XEOm46LQI

Konsertlari 2014-yil „Yangisini eshitdingizmi?“

2015-yil „Oʻzimizning gaplar“

2016-yil „Samimiy kulgu“

2017-yil „7dan 70gacha“

2018-yil „Yangisi yangi-da“

2019-yil „Oʻzbekcha kulgu“

2020-yil ZoʻrTV kanalida harbiylar uchun konserthttps://daryo.uz/2022/07/17/avaz-oxun-7-yil-farzand-kormagani-fitnaga-uchrab-uch-xonalik-uyning-puliga-kuygani-haqida-video/

2021-yil „Kulgularingizni sogʻindim“https://www.youtube.com/watch?v=bvVtmZZjxio

2022-yil „Kulgu terapiya“

2023-yil „10 yillik yubiley“

2024-yil „Toʻydagi tomosha“

Shuningdek ijodkor Rossiya Federatsiyasining bir qancha hududlarida, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Janubiy Koreyada ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan.https://www.youtube.com/watch?v=0NSAfi_f-kg

Mukofotlari

2020-yil „Shuhrat“ medali sohibi boʻlgan.https://www.youtube.com/watch?v=0NSAfi_f-kg Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari