Dmitriy Ivanovich An (1939-yil 2-may, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2018-yil 20-may) — sovet futbolchisi, hujumchi, sport ustasi (1966). Mixail Anning akasiDmitriy An: „Futbol bil dlya nego smislom jizni“. Intervyu s bratom velikogo mastera futbola Mixaila Ana — Koryo Saram.
Faoliyati
Futbolchilik faoliyati 1939-yil 2-mayda tugʻilgan. Dastlab qishloq jamoasida, keyinchalik esa „Paxtakor“ futbol maktabi yoshlar jamoasi dublida hujum chizigʻida oʻynay boshlagan. Nikolay Kim va Aleksandr Lan Dmitriyning birinchi murabbiyi hisoblanadi. 1963-yildan boshlab asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan.
1964-yilda Toshkentning „Start“ klubida oʻynab, bir muddat oʻtib, „Politotdel“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan va u yerda jamoa sardori boʻlgan. „Politotdel“ safida 7 ta chempionat oʻtkazgan va 1970-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganDmitriy An: „Futbol bil dlya nego smislom jizni“. Intervyu s bratom velikogo mastera futbola Mixaila Ana | Pisma o Tashkente.
Murabbiylik faoliyati 1971-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchilarini tayyorlashga yordam bergan. Toʻqsoninchi yillarda „Do‘stlik“ jamoasi futbol bazasiga rahbarlik qilgan. Ikki karra Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kuboki sohibi.
Yutuqlar
Jamoaviy
SSSR ikkinchi darajali guruhining bronza medali sovrindori: 1966-yil Sovet respublikalarining B toifasidagi bronza medali sohibi SSSR final turniri: 1964-yil
Shaxsiy
Sport ustasi unvoni: 1966-yilНовые мастера футбола // Спортивные игры (журнал). — 1967. — № 5. — с. 25.
Manbalar
Havolalar Dmitriy An Sportportal sayti Dmitriy An Footballfactsru sayti
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari