Celina Jaitly (1981-yil 24-noyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi boʻlib, u asosan Bollywood filmlarida suratga tushadi. U 2001-yilda Femina Miss India tanlovida gʻolib chiqdi va 2001-yilda „Miss World“ tanlovida 4-chi oʻrinni egallagan. Celina 2003-yilda „Janasheen“ trillerida aktrisalik debyutini qilgan.
Yoshligi Celina Jaitly Himachal-Pradesh shtatining Shimla shahrida tugʻilgan. Uning otasi panjoblik polkovnik V.K Jaitly onasi esa avgʻon-hindu millatiga mansub Hindiston armiyasida hamshira boʻlgan. Celinaning bir dona ukasi bor, u ham armiyada ishlaydi.
Celina ulg‘ayib, xuddi otasi kabi uchuvchi yoki shifokor sifatida armiyada ish boshlamoqchi boʻlgan. Bolaligining koʻp qismi otasi Hindistonning turli shaharlariga koʻchirilganligi sababli turli joylarda oʻtgan — natijada u oʻndan ortiq turli maktablarda oʻqigan Uning oilasi Laknauda boʻlganida, Celina Station Road, City Montessori maktabida oʻqigan. U Odishaning Berhampur shahrida ham tahsil olgan. Celina oʻz vaqtining asosiy qismini Gʻarbiy Bengaliyaning Kalkutta shahrida oʻtkazgan. Hozir oila Mhowda istiqomat qiladi.. Celina Indira Gandi nomidagi Milliy universitetining tijorat fakultetini tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Celina qisqa vaqt ichida uyali aloqa kompaniyasida ishlagan.
Faoliyati Celina mahalliy goʻzallik tanlovida ishtirok etishga qaror qilishdan oldin oʻz faoliyatini Kalkuttadagi mobil telefon kompaniyasida marketing boʻyicha ish bilan boshlagan. U Femina Miss India 2001-unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Miss Margo Beautiful Skin, Indiatimes Surfer’s Choice va „MTV“ telekanalining Most Wanted mukofotiga sazovor boʻlgan. Keyinchalik u Hindistonning vakili sifatida Miss World 2001 tanloviga yuborilgan va u yerda 4-oʻrinni egallagan.
2001-yilda u Jazzy B ning „Oh Kehri“ klipida ishtirok etadi, klip ham qoʻshiq ham mashhur boʻlgan. U shuningdek, „Bombay Vikings“ guruhi qoʻshiqlarining kliplarda suratga tushgan.
2002-yilda Celina Feroz Khanning „Janashin“ filmida debyut qiladi. Film Hindistonda kassada oʻrtacha muvaffaqiyatga erishadi. Ikkinchi chiqishi uchun u „Khel“ romantik filmida Sunny Deolga bilan birga juftlikda bosh rolni ijro etadi, ammo uning ijodi yaxshi qabul qilinmaydi va kam daromad oladi.
2004-yilda Celina „Juli“ filmidagi bosh roldan voz kechgan. „Stardust“ga bergan intervyusida Celina shunday degan: „Men Julini rad etdim, chunki hikoyadagi qahramonning fikriga qoʻshilmaganman, sababi u fohishalik bilan shugʻullanadi. Bunday o‘qimishli qiz nega bunday keskin qadam tashlashini tushunmaganman. Men oʻzim rozi boʻlgan rollarni ijro etaman.“ Xuddi shu yillarda Celina Vishnu Manchu bilan birga telugu dramasi „Suryam“da paydo boʻldi. thumb| Celina LA1-da Celina Jaitly avstriyalik tadbirkor va mehmonxonachi Piter Xaagga turmushga chiqqan va ular 2012-yil mart oyida dunyoga kelgan egizak o‘g‘il bolalarning ota-onasidir. Jaitly 2017-yilda ikkinchi egizak o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi, ammo bir bolasi yurak nuqsoni tufayli vafot etadi. Celina Jaitly hozirda Avstriya, Singapur va Dubayga xalqaro miqyosda oʻzining kino faoliyati uchun sayohat qiladi.
Filmografiyasi YilFilmRolIzohlar2003JanasheenJessica PereiraKhel — No Ordinary GameSaanjh Batra2004SuryamMadhulathaTelugu filmi2005SilsiilayPreetiNo EntrySanjana Saxena2006Jawani Diwani: A Youthful JoyrideRoma FernandesZindaNisha RoyTom, Dick, and HarryCelinaApna Sapna Money MoneySaania2007Red: The Dark SideAnahita SaxenaShakalaka Boom BoomSheenaHeyy Babyy -Maxsus koʻrinish2008C Kkompany -Maxsus koʻrinishMoney Hai Toh Honey HaiShrutiGolmaal ReturnsMeera mena2009Paying GuestsKalpanaAccident on Hill RoadSonam Chopra2010Hello DarlingCandy Fernandes2011Thank YouMayaShrimathiSoniaKannada filmi2012Will You Marry Me?VaishaliMaxsus koʻrinish2020Seasonʼs GreetingsRomita
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar