thumb|183x183px| Milka shokoladli bari. Pokrov shahridagi (Vladimir viloyati) Shokolad parisi yodgorligi Milka – Mondelēz International kompaniyasiga tegishli shokolad brendi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi joy – yuz yildan beri Lörrachda (Germaniya) joylashgan. Ilk ishlab chiqarish fabrikasi Shveysariyada boʻlgan.
Milka nomi ikkita nemischa soʻzlardan – Milch (sut) va Kakao (kakao) dan olingan. Milka brendi shokoladli pechenye, shirinliklar va boshqa qandolat mahsulotlarini ham ishlab chiqaradiBrandNews. Istoriya Milka.
Tarixi Shveysariyalik Filipp Suchard 1825-yili Nevchatelda shokolad ishlab chiqarishni boshlagan. 1826-yilda Suxardda oʻz kompaniyasini kengaytirdi va ishlab chiqarishni yaqin atrofdagi Seryerga koʻchirdi, u yerda ijaraga olingan sobiq suv tegirmonida har kuni 25-30 kg shokolad ishlab chiqaradi va sotadi. Suchardning shokoladi 1851-yili Londondagi Jahon koʻrgazmasida va 1855-yilda Parijdagi Butunjahon koʻrgazmasida taqdirlanadi. 1890-yillarda esa kompaniya shokoladga sut qoʻshishni boshlagan.
Brend 1901-yilda tashkil etilgan. Sutli shokolad firma mahsulotini boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ajratib turuvchi nilufar oʻramiga qadoqlay boshlagan. 1909-yilda Milka birinchi marta Avstriyada ishlab chiqarilgan va sotilgan.
1913-yilga kelib, kompaniya Germaniyaning Lörrach zavodida 1880-yildagi birinchi zavodiga qaraganda 18 baravar koʻp shokolad ishlab chiqargan.
1926-yilda Milka Rojdestvo va Pasxa uchun mavzuli konfetlar ishlab chiqarishni boshlagan.
1960-yillarda Milka savdo belgisi sifatida roʻyxatga olingan va binafsha rang mahsulot qadoqlash uchun rasmiy brend rangiga aylanadi.
Binafsharang sigir 1972-yilda savdo ramziga aylandi.
1970-yilda Suchard Tobler bilan birlashib, Interfoodni tashkil etadi.
1982-yilda Interfood Jacobs kofe kompaniyasi bilan birlashib, Jacobs Suchardga aylangan. 1990-yilda Kraft Foods Jacobs Suchardni sotib oladi.
2012-yilda Kraft Foods ikkita yirik kompaniyaga boʻlinish jarayonini boshdan kechirgan.
Reklama Brend ramzi – boʻynida qoʻngʻiroq osilgan binafsha rang sigir hisoblanadi.
Ilgari mahsulotni reklama qilish uchun haqiqiy sigir ishlatilgan, u purkagich bilan binafsha rangga boʻyalgan, keyin esa boʻyoqdan yuvilgan. Eng ommabop reklama modeli 1990-yillarda reklama kompaniyasidan olingan qaldirgʻoch sigir boʻlgan. Uning bu reklamasi ishlab chiqaruvchiga yiliga 6000 frankka tushgan.
Manbalar
Havolalar www.milka.com Milka shokoladining veb-sayti
Kategoriya:Shokolad markalari Kategoriya:Shokolad barlari Kategoriya:Mondelez International brendlari Kategoriya:Shveysariya shokoladi Kategoriya:Shveysariya brendlari Kategoriya:Neuchâtel kantoni Kategoriya:1900-yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar