Sharisse Jackson (; 31-avgust, 1976-yil, Massachusetts, AQShda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. UPN telekanali efirga uzatgan Moesha sitkomida Niecy Jackson rolini ijro etgani bilan mashhurlikka erishgan. U 2007-yilda MTVda efir yuzini koʻrgan realiti shou Celebrity Rap Superstarning gʻolibi boʻlgan.
Yoshligi Jackson Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan. Uning onasi aralash ravishdagi afro-amerikalik va puerto-rikolik.
Aktyorlik faoliyati Jackson Moesha telekoʻrsatuvida bosh qahramonning eng yaxshi doʻsti Niecy Jackson rolini oʻynagan. Shuningdek, u The Bernie Mac Show va My So-Called Lifeda Crystal obrazi orqali oʻzini namoyon qilgan. U NickelodeonFilms mahsuloti boʻlmish Good Burger filmida Kel Mitchell va Kenan Thompsonlar bilan birgalik rol ijro etgan.
Jackson, shuningdek, ABC telekanali efirga uzatgan realitiserial The Ex-Wives Clubda Marla Maples va Angie Everhart bilan birgalikda ishtirok etgan. Shou yaqinda ajrashgan yoki ajrashayotgan erkaklar va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 2009-yilda Jakson I Do. I Did! filmida paydo boʻladi. U, shuningdek, raqsga asoslangan Steppin: The Movie filmida ham koʻrinish bergan.
U shuningdek, 2010-yil fevral oyida premerasi boʻlgan Celebrity Fit Club: Boot Campning yettinchi mavsumida oʻzini namoyon etadi.
Musiqiy faoliyati Jackson qisqa muddatli Mpulz pop guruhi (aʼzolari faqat qizlar) aʼzosi boʻlgan va ushbu musiqa The Princess Diariesning soundtreki sifatida kartinaga kiritilgan. Guruh 2002-yilda tarqalib ketishidan oldin faqat bitta singl chiqargan.
Shaxsiy hayoti Jackson Kevin Federline bilan unashtirilgan edi hamda uning bir qizi va bir oʻgʻli bor. Er-xotinning oʻgʻli tugʻilishidan biroz oldin ajralishadi, bunga Federlinning pop qoʻshiqchisi Britney Spears bilan munosabati sabab boʻladi.
Keyinchalik Jackson: deya intervyusida taʼkidlab oʻtadi. Qizi Casseilay va uning yigit Christopher Massey munosabatlari orqali uning nabirasi bor.
Uning oʻrta maktabdagi sobiq sevgilisidan ikki nafar farzandi bor: bir oʻgʻil va bir qiz.
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1993CB4Tamika1996Grand AvenueCarleneTelevizion film1997Good BurgerMonique2000Love & BasketballFelicia2002Roller Wheelz2003Family Reunion: The Movie2008ToxicDaphne2009Steppin: The MovieUwamma LayneI Do…I DidCandyThe House That Jack BuiltAlexa2011Blood EffectsLisa2012One BloodTina2015TouchedPayne2019Olden TimesKarenTelevizion filmTake a StanDetektiv Stroud2020Reboot CampAnitaA Polished SoulJocelyn King
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1993RocRhondaEpizod: „Up in the Attic“Tall HopesCharlayneEpizod: „Get the Jet“1993Hanginʼ with Mr. CooperMonicaEpizod: „Boyz in the Woodz“1994Getting ByJuanita-The DateEpizod: „In the Driver’s Seat“South CentralJanelleEpizodlar: „Dog“, „Dad“On Our OwnSara LouiseEpizod: „A Family Affair“Me and the BoysCicelyEpizod: „Christmas Story“My So-Called LifeCrystalEpizodlar: „Father Figures“, „Guns and Gossip“1995Minor AdjustmentsTammyEpizod: „Pilot“The Parent 'HoodLynetteEpizod: Just Say Yes, No, or MaybeHanginʼ with Mr. CooperCarolEpizod: „Halloween“1996The Steve Harvey ShowAngelEpizod: „Thatʼs My Mama“1996-2001MoeshaNiecy Jackson122ta epizod1998Smart GuyStaceyEpizod: „Achy Breaky Heart“Sister, SisterDesireeEpizod: „Young At Heart“1999CluelessNiecy JacksonEpizod: „Prom Misses, Prom Misses“1999-2000The ParkersNiecy JacksonEpizodlar: „Scary Kim“, „Kimberlale“2001GirlfriendsNiecy JacksonEpizod: „Old Dog“2002The Proud FamilyBethanyEpizod: „Hip-Hop Helicopter“2006The Bernie Mac ShowValerieEpizod: „Spinning Wheels“2007The Ex-Wives ClubSelf2008Everybody Hates ChrisAlysonEpizod: „Everybody Hates Ex-Cons“2010Celebrity Fit ClubHerself5ta epizodLife AfterHerself1ta epizod2013Trent & TillyZ McnabbEpizod: „Z and the Big TV“2015Hollywood DivasHerself2021ShamelessConstanceEpizod: „DNR“Kim and NiecyNiecy Jackson Hamilton15ta epizod
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar