Bola ikki yoshga toʻlguncha beriladigan nafaqa — bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun har oylik nafaqa tugʻilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlayotgan shaxslarga, yaʼni onaga, otaga, farzandlikka olgan shaxsga, vasiyga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlanadi va toʻlanadi. Ishlayotgan (ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan, xizmatni oʻtayotgan) onalarga (ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga) bolani parvarish qilish boʻyicha nafaqa ish (oʻqish, xizmat) joyidan tayinlanadi. Nafaqa tayinlash uchun tashkilot maʼmuriyatining qarori asos boʻlib hisoblanadiOʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi maqolalari Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar