thumb|350x350px| Afina akropolidagi Parthenon, Gretsiya right|thumb| Afinadagi Erechteionning Karyatid ayvonchasi Yunon ibodatxonalari - qadimgi yunon dinida yunon mehroblari ichida xudo haykallarini joylashtirish uchun qurilgan inshootlar boʻlgan. Ibodatxonaning ichki qismlari yigʻilish uchun xizmat qilmagan, chunki tegishli xudoga bagʻishlangan qurbonliklar va marosimlar ulardan tashqarida, ibodatxonaning tashqarisida kengroq hududida boʻlib oʻtgan. Ibodatxonalar koʻpincha nazrlarni saqlash uchun ishlatilgan. Bunday turdagi ibodatxonalar yunon meʼmorchiligida eng muhim va eng keng tarqalgan qurilish uslublaridandir. Janubi-gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinistik qirolliklarida ibodatxona vazifalarini bajarish uchun qurilgan binolar koʻpincha mahalliy maqsadlarda foydalanilgan. Hatto yunonlar taʼsiri koʻrinadigan joylarda ham bunday tuzilmalar odatda yunon ibodatxonalari hisoblanmaydi. Masalan, Grek-Parfiya va Baqtriya ibodatxonalariga yoki Misr uslubiga oʻxshab ketgan Ptolemey ibodatxonasini aytish mumkin. Koʻpgina yunon ibodatxonalari astronomik maqsadlarda foydalanilgan. thumb| Dor ibodatxonasining modeli, Aeginadagi Afaya ibodatxonasi ( Gliptotek, Myunxen ) thumb|Erta metop to'ldiruvchi lichude, Paestum muzeyi, Geraklning devni o'ldirishi tasvirlangan Miloddan avvalgi IX asr va VI asrlar oraligʻida qadimgi yunon ibodatxonalari kichik loy gʻishtli inshootlardan har tomondan ustunli ikki ayvonli monumental „peripteral“ binolar qilib qurilgan, aksariyatining balandligi 20 metrdan oshadi (tomni hisobga olmaganda). Stilistik jihatdan ular mintaqaviy arxitektura qoidalari asosida qurilgan. Dastlab faqat Doric va Ionic qonun-qoidalarida farq boʻlgan boʻlsa, uchinchi muqobil farq miloddan avvalgi III asr oxirida Korintian qoidalarida paydo boʻldi.Miloddan avvalgi III asrdan katta ibodatxonalarning qurilishi kamaydi, miloddan avvalgi II asrdan keyin qisqa vaqt ichida gullab yashnadi va miloddan avvalgi I asrda deyarli butunlay toʻxtadi. Shundan soʻng, faqat kichikroq bino;ar qurila boshlandi, eski ibodatxonalar esa taʼmirlanishda davom etdi yoki tugallanmagan holatda yoʻq boʻlib ketaverdi.

Yunon ibodatxonalari asosan ustunlarning pastki diametri yoki poydevor sathlarining oʻlchamlari bilan belgilanadigan nisbatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va qurilgan. Shunday qilib erishilgan asosiy dizaynlarning deyarli matematik qatʼiyligi optik takomillashtirish orqali yengillashtirildi. Hali ham keng tarqalgan ideallashtirilgan tasvirga qaramay, yunon ibodatxonalari yorqin qizil va koʻk ranglar qurilish toshlari yoki gumbaz oqiga qarama-qarshi boʻlishi uchun boʻyalgan. Koʻp ibodatxonalar pedimentda boʻrtma va haykallar koʻrinishidagi juda boy figurali bezaklar bilan jihozlangan. Ibodatxonalar qurilishi odatda shaharlar yoki ziyoratgohlar maʼmuriyati tomonidan tashkil etilgan va moliyalashtirilgan. Xususiy shaxslar, ayniqsa ellinistik hukmdorlar ham bunday binolarga homiylik qilishlari mumkin edi. Oxirgi ellinistik davrda ularning moliyaviy boyligining kamayib borishi, amaldorlari va hukmdorlari homiy sifatida qabul qilingan Rim davlati tarkibiga yunon dunyosining izchil qoʻshilishi bilan birga, yunon ibodatxonalari qurilishining tugashiga olib keldi. Yangi ibodatxonalar endi Rim ibodatxonasi anʼanalariga tegishli boʻlib, u juda kuchli yunon meʼmorchiligi taʼsiriga qaramay, turli maqsadlarni koʻzlagan va turli estetik tamoyillarga amal qilgan.

Asosiy ibodatxona binosi kattaroq uchastka yoki temenos ichida joylashgan boʻlib, odatda peribolos panjara yoki devor bilan oʻralgan.Bu joy odatda „muqaddasgoh“ deb ataladi. Afinadagi Akropol bunga eng yorqin misoldir, garchi u yerda ibodatxona qurilishidan oldin qal'a sifatida foydalanilib, devor bilan oʻralgan boʻlsa ham. Bunga koʻplab yordamchi binolar, muqaddas bogʻlar yoki buloqlar, xudoga bagʻishlangan hayvonlar va baʼzan baʼzi ibodatxonalar kiradi.Miles, 219–220

Rivojlanish davri thumb| Istmiya ibodatxonasi, Gretsiya . Miloddan avvalgi 690-yildan 650-yilgacha qurilgan. 

Kelib chiqishi Eng qadimgi yunon ziyoratgohlarida ibodatxona binolari boʻlmagan, chunki ularning koʻplari vayron qilingan yoki bahsli mavzularga sabab boʻlgan.Koʻpgina qishloq ziyoratgohlari shu uslubda qolgan, lekin koʻproq mashhur boʻlganlar asta-sekin, ayniqsa shaharlarda, diniy tasvirni joylashtirish uchun oʻzgartirilgan. Bu jarayonlar IX asrdan oldinroq boshlangan.Theories are discussed in

Miken megaroni (Miloddan avvalgi XV asrdan XIII asrgacha) Arkaik va Klassik yunon ibodatxonalari uchun kashshof boʻlgan.. Yunon ibodatxonalari arxitekturasini rivojlantirishning asosiy tamoyillari miloddan avvalgi X asrdan miloddan avvalgi VII asrgacha mavjud boʻlgan. Ibodatxona oddiy toʻrtburchaklar shaklidagi ziyoratgoh boʻlib, yon devorlari usti tashqariga chiqib, kichik ayvon hosil qilgan. Miloddan avvalgi VIII asrgacha ibodatxonalarning koʻplarining orqa devorlari apsidal shaklida qurilgan ammo toʻgʻri toʻrtburchak shakli baribir ustunlik qilgan.

Istmiya ibodatxonasi,Miloddan avvalgi 690–650-yillarda qurilgan birinchi haqiqiy Arxaik ibodatxonasi boʻlgan. Uning kattaligi, ustuni va tomi uni oʻsha paytdagi binolardan ajratib turgan.

Yogʻoch meʼmorchiligi: dastlabki arxaik Dastlabki ibodatxonalar, asosan poydevor ustida loy, gʻisht va marmar kabi qurilish mollaridan foydalanilgan.Ustunlar va ustki yuzasi (entablatura) yogʻoch, eshikning ochiq joylari va yogʻoch taxtalar bilan himoyalangan. Loy gʻisht devorlari koʻpincha yarim yogʻochli texnikaning bir turi boʻlgan yogʻoch ustunlar bilan mustahkamlangan. Ushbu oddiy va aniq tuzilgan yogʻoch meʼmorchiligining elementlari asrlar davomida yunon ibodatxonalarining rivojlanishini belgilab beradigan barcha muhim dizayn tamoyillarini ishlab chiqdi.

Miloddan avvalgi VII asrning oxiriga yaqin bu oddiy binolarning oʻlchamlari sezilarli darajada oshirildi. Termosdagi Ibodatxona C  uslubining birinchisi hisoblanadi, ibodatxona uzunligi 30 metr boʻlgan. Oʻsha paytda tomdagi keng boʻshliqlarni texnik jihatdan yopishni imkoni boʻlmagani uchun, bu ibodatxonalar 6-10 metr kenglikda juda tor boʻlib qoldi.

Kult haykali va uni ushlab turgan bino, ahamiyatini taʼkidlash ustunlar bilan qoʻllab-quvvatlanadigan soyabon bilan jihozlangan. Natijada maʼbadni har tomondan oʻrab turgan ustunlar toʻplami (peristaz) faqat yunon meʼmorchiligida ibodatxonalar uchun ishlatilgan.

Maʼbadning har tomondan ustunlar (ptera) bilan kombinatsiyasi arxitektorlar va homiylar uchun yangi estetik muammo tugʻdirdi: tuzilmalarni har tomondan koʻrish uchun qurish kerak edi. Bu butunlay estetik sabablarga koʻra zarur boʻlgan binoning orqa tomonida xuddi shunday tartibga solish bilan aks ettirilgan frontal pronaos (ayvon) bilan peripterolarning rivojlanishiga olib keldi, opisthodomos . thumb| Korinfdagi Apollon ibodatxonasi, toshdan qurilgan eng qadimgi Dor ibodatxonalaridan biri. Monolit ustunlarga e'tibor bering

Tosh davri arxitekturasining kiritilishi: arxaik va klassik meʼmorchilik davri Tosh meʼmorchiligi qayta tiklanganidan soʻng, har bir ibodatxonaning asosiy elementlari va shakllari, masalan, ustunlar soni va ustunlar qatori, butun yunon antik davrida butunlay oʻzgarishlarga duch keldi.

Miloddan avvalgi VI asrda Ion Samoslari bitta alternativa sifatida ikki ustunli dipterolarni ishlab chiqdilar.Keyinchalik bu gʻoya Didim, Efes va Afinada koʻchirib olindi.Miloddan avvalgi VI asrdan IV asrgacha son-sanoqsiz ibodatxonalar qurilgan; deyarli har bir polis, har bir yunon koloniyasi bir yoki bir nechtasini ushbu uslub qoʻllangan. Bundan tashqari shahardan tashqari joylarda va Olimpiya va Delfi kabi yirik ziyoratgohlarda ibodatxonalar mavjud edi.

Shaklning kuzatilishi mumkin boʻlgan oʻzgarishi barcha meʼmoriy elementlarning uygʻun shaklini izlashdan dalolat beradi.Rivojlanish koʻpincha qoʻpol va katta hajmli koʻrinadigan oddiyroq shakllardan keyingi gʻoyalarning estetik mukammalligi va oddiy eksperimentdan yer rejalari va ustki tuzilmalarining qatʼiy matematik murakkabligiga qadar takomillashuviga olib keldi. thumb| Liviya, Kirene shahridagi Zevs ibodatxonasi

Yunon ibodatxonasi qurilishining tanazzulga uchrashi: ellinistik davr thumb|Sitsiliyaning Segesta shahridagi Hera ibodatxonasi Ilk ellinistik davrdan boshlab, yunon peripteral ibodatxonasi oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Juda kam sonli istisnolardan tashqari, klassik ibodatxona qurilishi Ellinistik Gretsiyada ham, Magna Gretsiyaning yunon koloniyalarida ham toʻxtatildi. Faqat Kichik Osiyoning gʻarbiy qismida miloddan avvalgi III asrda ibodatxona kam miqdorda qurilgan xolos. Milet yaqinidagi Didimdagi Apollon ibodatxonasi va Sardisdagi Artemisiya kabi yirik loyihalarning qurilishi katta muvaffaqiyatlarga erishmadi.

Miloddan avvalgi II asr ibodatxona meʼmorchiligi, shu jumladan peripteral ibodatxonalar jonlandi. Bu qisman meʼmor Germogen Prienning taʼsiri bilan bogʻliq boʻlib, u ion ibodatxonasini qurish tamoyillarini amaliy va nazariy ish orqali qayta belgilab berdi. Shu bilan birga, turli ellinistik qirolliklarning hukmdorlari ushbu loyihalarni katta moliyaviy resurslar bilan taʼminladilar. Ularning oʻz-oʻzini koʻtarishi, raqobati, taʼsir doiralarini barqarorlashtirish istagi, shuningdek, Rim bilan kuchayib borayotgan ziddiyat (qisman madaniyat sohasiga taʼsir koʻrsatgan) murakkab yunon ibodatxona arxitekturasini qayta tiklashga koʻp harakat sarfladi. Ushbu bosqichda yunon ibodatxonalari Kichik Osiyo janubida, Misr va Shimoliy Afrikada keng tarqaldi.

Yunon ibodatxonasi qurilishining tugashi: Rim Gretsiyasi Miloddan avvalgi I asrning boshida  Mitridatik urushlar arxitektura amaliyotining oʻzgarishiga olib keldi. Homiy rolini Sharqiy viloyatlarning Rim sudyalari koʻproq oʻz zimmalariga oldilar, ular kamdan-kam hollarda ibodatxonalar qurish orqali saxiyliklarini koʻrsatardilar. Shunga qaramay, bu vaqtda baʼzi ibodatxonalar qurilgan.Masalan:Afrodisiasdagi Afrodita ibodatxonasi.

Prinsipning kiritilishi asosan imperator kulti uchun ibodatxonalar yoki Rim xudolari masalan, Baalbekdagi Yupiter ibodatxonasi bir nechta yangi binolar qurilishiga olib keldi. Yunon xudolari uchun yangi ibodatxonalar qurilishi davom etayotgan boʻlsada (masalan, Selgedagi Tyxaion [)ular rivojlanayotgan Rim imperatorlik meʼmorchiligi uslubining kanonik shakllariga yoki mahalliy yunon madaniyati boʻlmagan Petra yoki Palmiradagi ibodatxonalar kabi oʻziga xos meʼmorchilik durdonalarini saqlab qolishga moyil boʻlishgan. Sharqning tobora kuchayib borayotgan romanizatsiyasi yunon ibodatxonalari arxitekturasining tugashiga olib keldi, ammo Didimdagi Apollon ibodatxonasi yoki Afinadagi Olimpieion kabi qurilishi tugallanmagan yirik inshootlarni milodiy II asrning oxirigacha tugatish ishlari davom ettirildi. Regarding Roman period and financing, using the province of Asia as an example, see thumb| Miloddan avvalgi V asr Sirakuza, Sitsiliyaning Afina shahridagi Dorik ibodatxonasi o'rta asrlarda xristian cherkoviga aylantirildi.

Ibodatxonalar qurilishiga qarshi tahqirlashlar: Kech antik davr Feodosiy I va uning vorislarining Rim imperiyasi taxtiga oʻtirishi bilanoq butparast kultlarni taqiqlovchi farmonlari asta-sekin yunon ibodatxonalarining yopilishiga yoki ularning xristian cherkovlariga aylanishiga olib keldi.

Shunday qilib yunon ibodatxonalarining tarixi tugaydi, garchi ularning koʻplari keyinchalik uzoq vaqt davomida foydalanilgan boʻlsa ham. Masalan, birinchi marta cherkov sifatida qayta muqaddas deb ulugʻlangan Afina Parthenon Usmonlilar istilosidan keyin masjidga aylantirilgan va XVII asrgacha tuzilmaviy zarar koʻrmagan. Faqat oʻsha paytda venetsiyaliklarning ibodatxonalardan porox saqlash uchun foydalanilganligi 2000 dan ortiq ibodatxonalarning vayron boʻlishiga olib keldi

Tuzilishi Kanonik yunon ibodatxonalari koʻp asrlar davomida bir xil asosiy tuzilmani saqlab qolgan. Yunonlar binoga cheklangan miqdorda taʼsir koʻrsatadigan fazoviy komponentlardan va balandlikni aniqlaydigan meʼmoriy elementlardan foydalanganlar.

Qavatlar rejasi