Hrishitaa Bhatt (, ; 1981-yil 10-mayda tugʻilgan), hind aktrisasi va modeli. U Asoka (2001) filmida Shah Rukh Khan bilan rol oʻynab debyut qiladi, lekin unga shuhrat keltirgan filmi Xosil (2003) edi. Bhatt bu roli uchun tanqidiy olqishlarga sazovor boʻladi va keyinchalik Ab Tak Chhappan va Jigyaasa kabi filmlarda paydo boʻladi.
Yoshlik davri Bhatt Hindistonning Mumbay shahrida tugʻilgan. U Londondagi Triniti kolleji bitiruvchisi va xoreograf Shiamak Davardan jazz saboqlarini olgan. U 1999-yilda Liril reklama kampaniyasida qatnashgan va shuningdek, Shahid Kapur bilan Aryans guruhining Aankhon Me Tera Hi Chehra va Sonali Vajpayining Dilkisipe jab aa jaye nomli musiqiy video albomida paydo boʻlgan.
Shaxsiy hayoti 2017-yil 4-mart kuni u Dehlidagi shaxsiy marosimda Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh diplomati Anand Tivariga turmushga chiqdi.
Faoliyati Bhatt debyutida „Asoka“ (2001) epik tarixiy drama filmida Shah Rukh Khan oʻynagan Mauriya imperatori Ashokaning rafiqasi Devi rolini oʻynagan. U Zee Cine Awards tomonidan „Eng yaxshi ayol debyut“ nominatsiyasiga va Screen Weekly Awards tomonidan „Eng istiqbolli yangi ayol“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.
2011-yilda u Shakal Pe Mat Ja komik drama filmida prodyuser sifatida debyut qildi.
2020-yilda veb-seriya platformasida debyut qilishdan oldin uning keyingi bir nechta filmlari psixologik triller, Ishq Tera (2018), Prakash Electronic (2017) va Happi (2019) edi. U 2018 va 2019-yillar orasida DD National telekanalida Rangoli dasturini qisqacha olib bordi.
2020-yilda u raqamli maydonda jurnalist rolida ZEE5-dagi Lalbazaar veb -seriali, va undan keyin yana bir ZEE5 seriyasi, Chargesheet: The Shuttlecock Murder bilan debyut qildi.
Filmografiyasi YilFilmTilRolIzohlar2001AsokaHindDevi2002Dil Vil Pyar VyarJojoShararatNeha Sengupta2003Out of ControlRichaHaasilNiharika Singh2004Ab Tak ChhappanVaishali ShuklaCharas: A Joint OperationNaina2005Kisna: The Warrior PoetRukmaniMaxsus koʻrinishValmikiKannadaAishwarya2006RaamTeluguJyothikaAnkaheeHindSheena SaxenaJigyaasaJigyaasa MathurJawani Diwani: A Youthful JoyrideRadha U. JumaniPage 32007GodfatherUrduDharmHindManiBidhaatar LekhaBengalHeyy BabyyHindMaxsus koʻrinish2008DeshdrohiNeha R. RaghavHeroesSaloniDon Muthu SwamiSanjana M. SwamiMy Name is Anthony Gonsalves2009Dhoondte Reh JaaogeRiyaMarega SalaaPriyaAwasthiShumonaAasma: The Sky Is the LimitSummi2010Mani MangalsutraMarathiSavitri2011ShagirdHindMaxsus koʻrinish2012Ammaa Ki BoliPramila2013Mrs. SenBengalSohini2014AnuradhaHindRitu2015Miss Tanakpur Haazir HoMayaDhol TaasheMarathi2016ShorgulHindMaxsus koʻrinishJunooniyatMishti2017Prakash ElectronicBarkha2019HappiShumonaZEE5 da chiqarilgan komediya filmi
Onlayn-seriyalar YilNomTilPlatformaHav.2019The Chargesheet: Innocent or Guilty?HindZEE5 2020LalbazaarBengalZEE5
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Kino Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar