Ukrainadagi oʻzbeklar Ukraina hududida yashovchi oʻzbek millatiga mansub aholi vakillarihisoblanadi. 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ukrainada 12353 nafar oʻzbek istiqomat qiladi. Oʻzbekistonliklar eng koʻp qismi Ukraina janubidagi Qrim yaqinida va Sevastopolda (3087 kishi), shuningdek, Donetsk (1244 kishi) va Dnepropetrovsk (1361 kishi) viloyatlarida ham koʻpchilikni tashkil etgan.
Tarixiy dinamika +Aholini roʻyxatga olish boʻyicha Ukraina SSR va Ukrainadagi oʻzbeklar sonining dinamikasi: 1926-yil 1939-yil 1959-yil 1970-yil 1979-yil 1989-yil 2001-yil 23 12 962 8 472 10 563 9 862 20 333 12 353 Ukrainada oʻzbeklar II jahon urishidan oldin juda kamchilikni tashkil etgan. Jahon urushidan soʻng Sobiq Ittifoq hududi boʻylab kadrlarning koʻchishi va II-Jahon urushi oʻchoqlari Sharqiy Yevropa hududlarida kuzatilganligi sabab oʻzbeklar ushbu hududlarda tarqala boshlagan. Urush yillarida Ukraina hududlarida 10000 dan ziyod oʻzbek millati vakillari yashagan. Sobiq ittifoq tarqalmasdan oldingi aholini roʻyxatga olish natijalarida esa (1989-yilgi natijalar) 20333 ta oʻzbek millati vakillari roʻyxatga olingan. Sobiq Ittifoq tarqalgach barcha hududlarda millatlar aro migratsiya shakllanishi oqibatida Ukrainadan ham koʻplab oʻzbeklar boshqa hududlarga koʻchib ketgan.
Qayta joylashtirish +Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Ukrainadagi oʻzbeklarning urbanizatsiyalashuvi. Yil Shaharlarda Qishloqlarda 1989-yil 16 851 (82,9%) 3 482 (17,1%) 2001-yil 8 642 (70,0%) 3711 (30,0%) Ukrainadai oʻzbek millati vakillari 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra jami 12353 aholining 70,0% shaharlarda, 30,0% esa qishloqlarda yashagan. Mustaqil Ukraina hududida hozirda eng koʻp oʻzbeklar istiqomat qiladigan viloyat hududlari Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol, Donetsk viloyati, Dnipropetrovsk viloyati, Xarkov viloyati va Zaparojye viloyati, Lugansk viloyati, Xerson viloyati Odessa viloyatlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahrida nisbatan koʻp tarqalgan. +Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Ukraina viloyatlaridagi oʻzbeklar sonining dinamikasi. Hudud 1989-yil 2001-yil Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol 876 3087 Vinnitsa viloyati 431 234 Volin viloyati 118 70 Dnipropetrovsk viloyati 1724 1 361 Donetsk viloyati 3 138 1 244 Jitomir viloyati 264 168 Transkarpat viloyati 442 70 Zaporojye viloyati 449 700 Ivano-Frankivsk viloyati 38 56 Kiyev viloyati 938 264 Kirovograd viloyati 443 165 Lugansk viloyati 1 179 635 Lvov viloyati 720 118 Nikolaevkskaya tumani 400 301 Odessa viloyati 1037 822 Poltava viloyati 1 394 250 Rivne viloyati 107 68 Sumi viloyati 308 156 Ternopil viloyati 92 53 Xarkov viloyati 2694 899 Xerson viloyati 815 396 Xmelnitskiy viloyati 369 153 Cherkas viloyati 286 212 Chernovtsi viloyati 119 57 Chernigov viloyati 219 126 Kiyev (shahar kengashi) 1733 688 Ukraina 20 333 12 353
Til +Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra ukrain oʻzbeklarining ona tili. Til 1989-yil 2001-yil oʻzbek 71,5 % 29,2 % rus 23,8 % 48,5 % ukrain 3,5 % 14,7 % Boshqa 1,2 % 2,6 %
Manbalar
Turkum:Oʻzbeklar Turkum:Oʻzbekiston diasporasi Turkum:Ukraina Oʻzbeklar