Stepan Melikovich Atoyan (; 1966-yil 13-iyulda Bokuda tugʻilgan) — sovet, oʻzbek va yunon futbolchisi. Hozir murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Faoliyati Klublarda Bokuning „Neftchi“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1989-yildan 1991-yilgacha Ashxobodning „Kopetdogʻ“ jamoasida oʻynab, 93 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1991-yil oʻrtalarida Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" klubiga koʻchib oʻtgan va yarim mavsum shu klubda oʻynagan.
SSSR parchalanganidan soʻng mustaqil Oʻzbekistonda qoldi va 1992-yil boshida Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va bu jamoada bir mavsumda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1993-yilgi mavsum boshida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 1995-yilning oʻrtalariga qadar ushbu jamoada oʻynagan. Bu vaqt ichida jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va ushbu mavsumlarda 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga erishdi. 1995-yil oʻrtalarida Gretsiyaning „Proodeftiki“ jamoasiga oʻtdi va bir yarim mavsum shu klubda oʻynadi. 1996-yilda bir muncha vaqt Gretsiyaning boshqa „Provitan“ klubi aʼzosi boʻlgan. 1996-yil oʻrtalarida Fargʻonaning "Neftchi" jamoasiga qaytdi va 1997-yilning oʻrtalariga qadar bu jamoada 40 ta oʻyin oʻtkazib, 20 ta gol urgan. 1997-yil oʻrtalarida yana „Proodeftiki“ jamoasiga oʻtgan va 1999-yil oʻrtalariga qadar ushbu Gretsiya klubida oʻynagan. 1999-yil oʻrtalaridan 2000-yil oxirigacha Gretsiya klublarida oʻynagan: „Xalkidona“ va „Atromitos“, u yerda futbolchi sifatida professional faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoada
1995—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Atoyan milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini 1995-yil 18-iyulda Malayziyaning „Merdeka“ kubogida Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Stepan Atoyan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 9 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, shulardan uchtasini 1996-yili BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida oʻtkazgan.
Murabbiy sifatida
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Atoyan Gretsiyada qolib, murabbiylik faoliyatini boshlagan. OFKning murabbiylik diplomi, B toifali murabbiylik diplomi va UEFA litsenziyasini olgan. Gretsiya futbol akademiyasida murabbiylik faoliyatini boshlagan va 13 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jamoalariga ustozlik qilgan. Keyinchalik turli ligalarda oʻynaydigan turli Gretsiya klublariga murabbiylik qilgan.
Yutuqlari Jamoaviy „Temiryoʻlchi“ Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 1992 „Neftchi“ (Fargʻona) Oʻzbekiston chempioni: 1993, 1994, 1995 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1996 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994, 1996 Shaxsiy Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida uchinchi oʻrin: 1993
Manbalar
Havolalar
Official Facebook Profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Gretsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Atromitos F.C. futbolchilari Turkum:Athens Kallithea F.C. futbolchilari Turkum:Proodeftiki F.C. futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Gretsiyalik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar