Kubbra Sait (1983-yil 27-iyulda tugʻilgan) hind aktrisasi, teleboshlovchisi va modeli boʻlib,Sultan, Ready va City of Life filmlarida suratga tushgan. U Netflix original platformasining Sacred games koʻrsatuvining birinchi mavsumida Kukoo rolini ijro etgani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻlgan. U, shuningdek, Apple TV+ koʻrsatuvida Phara Keaen rolini tasvirlagan.

Yoshligi va faoliyati Kubbra Sait 1983-yil 27-iyulda Bangalorda Zakariya Sait va Yasmin Sait oilasida tugʻilgan. Uning ukasi Danish Sait radio boshlovchi va teleboshlovchi boʻlib ishlaygan. Uning amakisi Tanvir Sait siyosatchi. Uning bobosi Azeez Sait Karnatakada vazir boʻlgan. Kubbra Sait yoshligidan televizorda koʻrinishni orzu qilgan, buni payqagan ota-onasi uni aktrisalik mahorat maktabiga beradi va Kubbra u yerda oʻzining qobiliyatini koʻrsata boshlaygan. 2005-yilda u Bangalordagi Milliy axborot va boshqaruv fanlari institutini tamomlagandan soʻng Dubayga koʻchib oʻtgan. U oʻn uch yoshida shoularni olib bora boshlagan. Sait oʻz karerasini koʻngilochar industriyada davom ettirishdan oldin Dubayda Microsoft kompaniyasida hisob menejeri sifatida boshlagan. U 2013-yilda Hindistonning eng yaxshi ayol xodimi mukofoti sovrindori. Shuningdek, u 2009-yilda Miss India Worldwide Goʻzallik tanlovida Miss Personality gʻolibi boʻlgan. Sait Netflixning Sacred Games shousida Kuku ismli transgender ayol roli uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Bu Netflixning 47- Xalqaro Emmy mukofotlari marosimida „eng yaxshi drama“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Sait 2019-yil 25-noyabrda boʻlib oʻtgan Emmi mukofotlarida Sacred Games filmini taqdim etgan.

Filmografiyasi

Filmlar YilNomRolIzohlarManba2011ReadySunaina2012Jodi BreakersVinita2015I Love NYVidya Saxena2016SultanOʻzi2019Gully BoyScarlett2020Jawaani JaanemanRhea2020Dolly Kitty Aur Woh Chamakte SitareShazia2022RK/RKaySeema

Onlayn-seriyalar YilNomRolTarmoqIzohlarManba2017Going Viral Pvt. Ltd.NatashaAmazon Prime8 epizod2018FourplayBrindaALTBalaji6 epizod2018Sacred GamesKukooNetflix7 epizod2019TVF TriplingSheetalThe Viral Fever3 epizod2019RejctXAnushkaZEE510 epizod2019The Verdict — State vs NanavatiMamie AhujaALTBalaji and ZEE510 epizod2020IllegalMeher SalamVoot10 epizod2020Waqalat From HomeRajini TackerAmazon Prime10 epizod2021FoundationPhara KeaenApple TV+

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar