Bomiyon ( Bāmiyān, ) — Afgʻonistonning markazida joylashgan viloyat . Gʻarbdan Gur viloyati, shimoli-gʻarbdan Saripul viloyati, shimoldan Samangan viloyati, shimoli-sharqdan Bagʻlon viloyati, sharqdan Parvon viloyati, janubi-sharqdan Vardak viloyati, janubda Daykundi va Gʻazni viloyatlari bilan chegaradosh.

Geografiyasi Bu yerda oʻzining Hindukush togʻ yonbagʻirlaridagi feruza rangli koʻllari va Ajar vodiysidagi qoʻriqxonasi bilan mashhur boʻlgan mamlakatning birinchi milliy parki — Bandi-Amir joylashgan.

Tarixi Viloyatning asosiy tarixiy yodgorligi Bomiyon Budda haykallari boʻlib, bu oʻlka islom dini tarqalgunga qadar buddaviylik dini markazi boʻlganidan dalolat beradi.

Maʼmuriy tuzilishi thumb|Bomiyon tumanlari Bomiyon viloyati yettita tumanlarga boʻlinadi

Bomiyon Varas Kaxmard Panjob Saygan Shibar Yakavlang

Aholisi Asosiy aholisi — hazoralar. Shuningdek, viloyatda Afgʻonistonning boshqa etnik guruhlari ham istiqomat qiladi.

Aholi punktlari

Darnosh qishlogʻi Dodar qishlogʻi Kagor qishlogʻi Lagki qishlogʻi Payin-Baj qishlogʻi Ravi-Sang qishlogʻi Manbalar

Turkum:Afgʻoniston viloyatlari