Gʻayrat Majid (1976-yil 14-yanvarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Xoʻjailmkoni qishlogʻida tugʻilgan) – Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olganhttps://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-zamonaviy-sheriyati/gayrat-majid/. Ayni damlarda u „Yoshlar“ teleradiokanalida xizmat qiladi. Hozirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Gʻayrat Majidning nashr etilgan kitoblari roʻyxati: „Gul sanam“ (1997-y. Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti.) „Hech kimga oʻxshamaysan“ (2000-y. „Yozuvchi“ nashriyoti). „Koʻzlaringni sogʻinaman“ (2006-y. „Akademiya“ nashriyoti) „Koʻksimdagi yulduzlar“ (2008-y. „Sharq“ nashriyoti) „Ishqqa borar yoʻl“ (2009-y. „Oʻzbekiston“ nashriyoti)

Manbalar

Turkum:Kitob tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak shoirlar Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari