Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi (Ўзбекистон футболчилар уюшмаси) — xalqaro futbolchilar assotsiatsiyasi (FIFPro) tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili.

Tarixi Xalqaro FIFPro tashkiloti 1965-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda 65 ta davlat futbolchilar uyushmalari aʼzo hisoblanadi. 2017-yildan Oʻzbekiston ham aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan va FIFPro huzurida kuzatuvchi maqomida rasmiy faoliyatini boshlagan.

2020-yilda FIFPro nomzod aʼzosi, 2024-yil 28-noyabr kuni esa mazkur tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi boʻlgan.

Vazifalari Futbolchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, faoliyatini yakunlagan futbolchilarga keyingi davrda ham amaliy yordam koʻrsatish, futbolchilar ichidan kuchli va malakali kadrlarni tayyorlash uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Uyushmaning olib borayotgan har bir harakatlari FIFPro tomonidan nazorat qilinib boriladi. Qoʻyilgan talab va vazifalarni oʻz vaqtida bajara olmagan, yillik hisobotni topshirmagan FIFPro azolari tashkilotdan chiqarib yuboriladi. Uyushma „FIFPro solidaritiy“ dasturi orqali moliyalashtiriladi. Xayriya, reklama va aʼzolik badallari orqali ham sarmoya kiritiladi.

Kamoliddin Murzoyev tashkilot rahbari sifatida faoliyat olib boradi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston futboli Turkum:2018-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar