UnionPay — 2002 yilda tashkil etilgan xalqaro toʻlov tizimi. Xitoy Davlat kengashi va Xitoy Xalq banki tashabbusi bilan yaratilgan. Uning aksiyadorlari 200 dan ortiq moliyaviy tashkilotlardir. 2015-yilda amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi bo‘yicha u Visa va Mastercard’dan o‘zib ketdi va dunyodagi eng yirik to‘lov tizimiga aylandi, biroq to‘lovlarning atigi 0,5 foizi Xitoydan tashqarida amalga oshiriladi.

Logotip UnionPay logotipi 2001-yilda ishlab chiqilgan. Unda ikkita iyeroglif tasvirlangan. Birinchisi „pul“, ikkinchisi — „birlashma“ degan maʼnoni anglatadi. U ingliz tiliga UnionPay deb tarjima qilingan.

Tarixi alt=UniionPay binosi. Shanxay.|thumb|UniionPay binosi. Shanxay. 2001-yil — UnionPay logotipi yaratildi. 2002-yil — China UnionPay — „Xitoy bank kartalari birlashgan kompaniyasi“ tashkil etildi. Xitoyning savdo va sanoat banki tomonidan kartochkalar markazi tashkil etildi. 2004-yil — UnionPay kartalari Gonkongda qabul qilina boshlandi. 2005-yil — UnionPay kartalari AQShda qabul qilina boshlandi. 2010-yil — UnionPay chiqarilgan plastik kartalar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladiVisa sdala pozitsii China UnionPay // Bankir.Ru, 15 avgusta 2011 . 2011-yil — Xitoy toʻlov operatsiyalari uyushmasi tashkil etildi. 2012-yil — Shanxayda UnionPay International tashkil etildi. 2015-yil — UnionPay tranzaktsiyalar soni boʻyicha Visa tizimini ortda qoldirib dunyoda birinchi oʻrinni egalladi.

2018-yil oxiriga UP kartalarining global muomaladagi ulushi 45 foizni tashkil etdi, bu 2017-yilga nisbatan 1 foizga koʻpdir .

2019-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, UnionPay to‘lov kartalari dunyoning 177 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinmoqda, 58 mamlakat banklari UnionPay kartalarini chiqarmoqda .

UnionPay Oʻzbekistonda Toshkentda 2016-yil 20-iyunda „Oʻzbekistonda UnionPay xalqaro kartalari ekvayringi (toʻlovlarga qabul qilish) boʻyicha loyiha taqdimoti“ boʻlib oʻtdi. Loyiha tashkilotchilari sifatida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Oʻzbekiston Milliy Banki qatnashdi. Taqdimotda UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi ishtirok etdi. Ushbu loyiha UnionPay kartalarini Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — Uzcard tarmogʻiga ulangan 190 mingdan ortiq toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) ishlatish imkonini beradi.

2021-yil 22-martdan boshlab UnionPay kartalari Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — HUMO tarmogʻiga ulangan toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) qabul qilina boshladi.

Hozirgi kunda UnionPay kartalarini Oʻzbekistonda quyidagi banklar chiqarayapti: Bank nomiKarta turiAgrobankUzcard-UnionPayAloqabankUzcard-UnionPayAsia Alliance BankUnionPay ClassicDavr BankUnionPay ClassicUzcard-UnionPayHamkor BankUnionPay ClassicUzcard-UnionPayInvest Finance bankUnionPay ClassicIpak Yoʻli bankiUnionPay ExchangeUnionPay ClassicUnionPay GoldUnionPay Classic kontaktsiz kartaUnionPay PlatinumMikrokreditbankUzcard-UnionPayOrient Finans bankUnionPay ClassicOʻzsanoatqurilishbankUnionPay GoldPoytaxt bankUzcard-UnionPayQishloq Qurilish BankUnionPay ClassicSavdogarbankUzcard-UnionPayUniversalbankUzcard-UnionPayXalq bankiUzcard-UnionPay

Manbalar

Turkum:Toʻlov tizimlari Turkum:Shanxayda joylashgan kompaniyalar Turkum:Mintaqaviy bank kartalari Turkum:Xitoy kompaniyalari