Slough () () — Angliyaning Berkshir shahridagi xuddi shu nomdagi unitar hokimiyatdagi yirik shahar va Salt Hilldan (Bukingemshir tarixiy okrugining ichida, London shahrining markazidan uzoqlikda) gʻarbda joylashgan. U Temza vodiysida va London hududida M4, M40 va M25 avtomobil yoʻllari kesishmasida joylashgan. 2020-yilda shahar aholisi 164,793 kishidan iborat edi. 2011-yilda tumanda 140 713 nafar aholi istiqomat qilgan.
A4 va Buyuk Gʻarbiy magistrallari shahar orqali oʻtadi. Crossrail yoʻli orqali London markaziga borish mumkin.
Slough aholisi Birlashgan Qirollikdagi etnik jihatdan eng xilma-xil aholiga ega boʻlibFocus on Ethnicity and Diversity. UK National Statistics. Retrieved 16 February 2008., 1920-yillardan buyon butun mamlakat va hatto butun dunyodan odamlarni mehnatga jalb qiladigan shahar hisoblanadi, bu esa uni yirik savdo markaziga aylantirishga yordam berdi. 2017-yilda ishsizlik darajasi 1,4 % ni tashkil etgan, bu Buyuk Britaniyadagi oʻrtacha ishsizlik darajasining 4,5 % ning uchdan bir qismi deganidir.
Slough Buyuk Britaniyadagi global kompaniyalarning bosh qarorgohlari joylashgan shaharlar ichida Londondan keyingi oʻrinda turuvchi eng yuqori konsentratsiyaga ega boʻlgan shahar hisoblanadi. „Slough Trading Estate“ Yevropadagi eng yirik sanoat mulki boʻlib, 400 ta korxonada 17 000 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratilgan. Shaharda Blackberry, McAfee, Burger King, DHL, Telefonica va Lego kompaniyalarining bosh ofislari mavjud.
Etimologiyasi Sobiq GWR 6664 lokomotivi Sloughdagi dvigatel ombori yonida suratga olingan, 1955-yil oktyabr1975-yildap11, The Changing Face of Slough, Slough Museum, Breedon Books, Derby, 2003 ochilgan Brunel avtovokzali va avtoturargohi hozir „Hart of Slough“ loyihasi ustida ish boshlangan;igi sababli buzib tashlangan.Slough High Street, 1978-yilBu nom birinchi marta 1195-yilda Slo sifatida qayd etilgan. Bu birinchi navbatda sharqdagi Upton va gʻarbdagi Chalvey oʻrtasida, taxminan „Crown Crossroads“ atrofidagi qishloq nomidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, u yerdagi Windsor (hozirgi A332) yoʻli Buyuk Gʻarbiy yoʻl bilan tutashganFraser (1973), p. 4.. XIII asrda qirol Genrix III Cippenham saroyida yashagandi. Slouughtdagi Upton sudining bir qismi 1325-yilda qurilgan, Langleydagi Avliyo Maryam cherkovi XI asr oxiri yoki XII asr boshlarida qurilgan boʻlsa-da, u bir necha bor qayta tiklangan va kengaytirilgan.
Geografiyasi Slough Charing Crossdan gʻarbda, London markazidagi Windzordan shimolda, Maidenheaddan sharqda, High Wycombedan janubi-sharqda va Reading okrugi shaharchasidan shimoli-sharqda joylashgan. Slough Buyuk London shahar hududida va Londonning Hillingdon va Hounslou bilan chegarasida, Hitrou aeroportidan 5 mil uzoqlikda oʻrnashgan. Yaqin atrofda yaʼni shimoli-sharqda Uhbridge va shimolda Beakonsfield shaharlari bor.
Hozir Sloughni tashkil etuvchi hududning aksariyati qadimda Bukingemshirning bir qismi boʻlgan, ammo Poyl hududi tarixan Midlesexda boʻlgan. Shahar Buyuk Gʻarbiy yoʻl boʻylab qishloqlarning kengayishi va birlashishi natijasida rivojlangan. Yillar davomida Slough juda kengayib, bir qator qishloqlarni qamrab ola boshlagan. Hozir Slough shahar atrofida boʻlgan qishloqlar orasida Chalvey, Cippenham, Colnbrook, Langley, Poyle, Upton va Wexham mavjud.
Taʼlim Sloughda koʻplab boshlangʻich va oʻrta taʼlim maktablari mavjud. Bundan tashqari, Sharqiy Berkshire kolleji hududda oʻz kampusiga ega. Slough maktablari GCSE darajasida mamlakatdagi eng yaxshi taʼlim muassasalari ichida kuchli 10 talikka kiradi. 2011-yilda oʻquvchilarning 68,1 %i kamida 5 A*-C darajasi (ingliz tili va matematika bilan) bilan maktabni tugatgan. Respublikada oʻrtacha koʻrsatkich 58,9 % ni tashkil qiladi.
„Thames Valley University“(Temza vodiy universiteti) Slough kampusi hozir Heart of Slough loyihasi tufayli yopilgan. Yangi kampus 2013-yilda Gʻarbiy London universiteti tarkibida ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, 2022-yil mart oyi holatiga koʻra hech qanday oʻzgarishlar kuzatilmagan. Aslida universitetning avvalgi binosi sotib yuborilgan.
Manbalar
Turkum:Angliya Turkum:Angliya shaharlari