Xalifa Xudoydod koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Xalifa Xudoydod nomi bilan bogʻliq. Xalifa Xudoydod XVII asrda yashagan mutasavvuf. Tasavvufga oid bir necha asarlar yozgan. Ashtarxoniy Abdulazizxonning (1645—1680) piri sanalgan. Shu nomdagi guzarda uning tomonidan qurilgan xonaqoh va qirq hujrali madrasa mavjud. Koʻcha nomi 1798-yilda tuzilgan vaqf yorligʻida tilga olinadi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari