Ginni Rometty (1957-yil 29-iyul, AQSh) — Amerikalik ishbilarmon ayol, IBM korporatsiyasining toʻqqizinchi bosh direktori va kompaniyaning birinchi ayol direktori. 2012-yil yanvar oyida Ginni Rometty IBMning prezidenti lavozimiga tayinlanadi. Rometty IBMning prezidenti boʻlishdan oldin IBMda savdo, marketing va strategiya boʻyicha ijrochi direktor, shuningdek, katta vitse-prezident, 1981-yilda IBMda kompaniyaning Detroitdagi ofisida tizim muhandisi lavozimlarida ishlagan„Ginni Rometty: Reinventing Big Blue“, Barronʼs, Leslie P. Norton, May 31, 2014. Ginni Rometty ketma-ket oʻn yil davomida Fortune jurnalining „Biznesdagi eng kuchli 50 ayol“ roʻyxatida 2012, 2013 va 2014-yillari birinchi oʻrinni egalladi. U shunga oʻxshash baʼzi jurnallarning roʻyxatiga kiritilganForbes magazineʼs „World’s 100 Most Powerful People“ in 2014.Time 100 in 2012,50 Most Influential list of Bloomberg Markets magazine in September 2012. Shunga qaramay, uning hayoti bir qator boshqa matbuot faoliyatlari tomonidan tanqid qilingan. 2017-yilda Forbes jurnali Ginni Romettyni birinchi marta dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollari roʻyxatida 10-oʻringa munosib deb topildi.

Hayoti Ginni Rometty 1957-yil 29-iyulda Virginiyaning Illinoys shtatida tugʻilgan. Rometty italyan-amerikalik oilada yashagan. Oilada Rometty toʻrt farzand edi„Lunch with the FT: Ginni Rometty“, Gillian Tett, Financial Times, February 6, 2015. Uning ota-onasi ajrashishadi va oʻn besh yoshli Rometty onasi bilan birga qoladi. Romettyning onasi oilani boqish uchun bir nechta ishlarga joylashadi. Rometty esa kechqurun uy ishlarida onasiga yordam beradi. 1979-yilda Ginni Rometty Shimoliy-G'arbiy Universiteti qoshidagi Robert MakKormik muhandislik va amaliy fanlar maktabini kompyuter fanlari va elektrotexnika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tugatdi. U Rensselaer politexnika instituti (2014) va Shimoli-gʻarbiy universitetining (2015) faxriy doktori unvoniga sazovor boʻladi. Shuningdek, u Shimoliy Karolina shtat universitetini qizil diplom bilan bitiradi. Ginni Rometty Kappa Kappa Gamma birodarligining aʼzosi edi, keyinchalik, uning prezidenti boʻldi. thumb| Prezident Donald Tramp IBMning bosh direktori Ginni Rometty bilan 1979-yilda universitetni tugatgach, Rometty General Motorsda ishlay boshladi. 1981-yilda u IBM kompaniyasining Detroitdagi ofisida tizim muhandisi lavozimida ishladi. 1991-yilda u IBM Consulting Group kompaniyasida ishlay boshladi. 2002-yilda u „PricewaterhouseCoopers Consulting“ biznes konsulting kompaniyasini 3,5 milliard dollarga sotib oldi. 2009-yilda Rometty katta vitse-prezident va savdo, marketing va strategiya boʻyicha ijrochi direktor lavozimiga tayinlandi. 2002-yilda Time uni xalqaro biznesning nufuzli biznesmenlari roʻyxatiga kiritdi. 2005-yildan 2009-yilgacha u IBMda Global Business Servicesning bosh vitse-prezidenti boʻlgan. Rometty 2009-yilda bosh vitse-prezident va savdo, marketing va strategiya boʻyicha guruhning ijrochi direktori boʻldi va asosiy eʼtiborni kompaniyaning „tez rivojlanayotgan tahlil boʻlimi“ga qaratdi. 2009-yil yanvar oyida u IBMning savdo boʻlimini boshqardi. 2010-yilda Rometty xalqaro savdo va tarqatish boʻyicha vitse-prezident lavozimiga tayinlandi.

2011-yil 25-oktabrda Rometty kompaniyaning 2012-yil 1-yanvaridan boshlab boshqaruv kengashi raisi boʻlib qoladigan Sem Palmisano oʻrniga kompaniyaning keyingi prezidenti va bosh direktori boʻlishini eʼlon qildi. Rometty IBMning tarixida bosh direktori etib tayinlangan birinchi ayol boʻldi . Palmisano oʻzining lavozimga koʻtarilishi haqida shunday dedi: „Bu lavozimga ega boʻldi, chunki u bunga erishdi“.

2012-yilning 26-sentabrida IBM, Sem Palmisanoning 2012-yil oxirida isteʼfoga chiqish qarori tufayli Rometty qoʻshimcha ravishda IBM raisi lavozimini egallashini eʼlon qildi. 2012-yil 1-oktabrdan Rometty IBM kompaniyasining raisi, prezidenti va bosh direktori lavozimlarida ishlay boshladi .

Uning maqsadlaridan biri kompaniyani Watson kabi bulutli va kognitiv hisoblash tizimlariga aylantirish boʻlgan.

2020-yil 31-yanvarda IBM Direktorlar kengashi Arvind Krishnani korporatsiyaning bosh ijrochi direktori (bosh direktori) lavozimiga tayinladi. Krishna 2020-yil 6-apreldan boshlab Ginni Romettyning oʻrnini egallaydi. Ammo, Rometty 2020-yil oxirigacha kompaniyaning direktorlar kengashining ijrochi raisi boʻlib qoladi. Shundan soʻng, Rometty kompaniyaning direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimini tark etadi.

Yutuqlari Rometty tashqi aloqalar boʻyicha kengash aʼzosi, Shimoli-gʻarbiy universitetining vasiylik kengashi, Memorial saraton markazining vasiylik kengashi va direktorlar kengashi aʼzosi hisoblandi. Shuningdek, u Sloan-Kettering, Lotin Amerikasi tabiatni muhofaza qilish kengashi, Nature Conservancy boʻlimida ishlagan. 2006-2009-yillarda AIG direktorlar kengashi aʼzosi hisoblangan. 2014-yilda Rometty PBS telekanalining The Boomer List nomli hujjatli filmida suratga tushdi. Oʻsha yili u Augusta milliy golf klubining aʼzosi boʻldi. Rometty Rensselaer Politexnika Instituti (2014) va Shimoli-gʻarbiy universitetlarining (2015) faxriy doktori unvoniga ega.

Fortune jurnalining 2015-yil 15-sentyabrdagi sonida Rometty eng kuchli ayollar roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi. 2019-yil Tomas Edison mukofotini qoʻlga kiritdi.

Oilasi Rometty Bam Oil kompaniyasining asosiy investori Mark Entoni Rometty bilan turmush qurgan. Er-xotinning farzandlari yoʻq.

Havolalar .

„Ginni Rometty — Chairman, President, and CEO“, IBM

Manbalar

Turkum:Ishbilarmonlar