Jasmine Mary Jozeph () - Meera Jasmin nomi bilan tanilgan, hind aktrisasi boʻlib, u asosan Malayalam, Tamil, Telugu va Kannada tillarida suratga tushadi. U 2000-yillarda mashhur aktrisalardan biri edi.
Meera Jasmine 2004-yilda „Paadam Onnu: Oru Vilapam“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Milliy kino mukofotini qoʻlga kiritgan va „Eng yaxshi ayol roli“ sifatida Kerala State Film mukofoti va Tamil Nadu State Film mukofotining ikki karra laureati boʻlgan. U, shuningdek, Tamil Nadu hukumatining Kalaimamani mukofotiga ham sazovor boʻlgan.
„The Hindu“ uni „Malayalam kinosi yulduzlari orasida oʻzini tuta oladigan sanoqli aktrisalardan biri“ deb atagan.
Faoliyati Meera Jasmine oʻzining debyutini Malayalam tilidagi „Soothradharan“ filmida qilgan. Uning ikkinchi filmi Kamol rejissyori boʻlgan „Gramofon“ boʻlib, filmda u Navya Nair va Dileep bilan birga paydo boʻlgan.
Uning yahudiy qiz roli malayalamlik tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. Uning uchinchi filmi „Swapnakkoodu“ boʻlib, rejissyor Kamol boshchiligida Prithviraj Sukumaran, Kunchako Boban, Jayasurya va Bhavana bilan birga romantik komediya edi. Uning ijrosi yuqori baholandi va film yuqori tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Meera yana beshta asosiy qahramon orasida eng koʻp muvaffaqiyat qozongan boʻldi.
U Malayalam kinosida ustozi Lohithadas tomonidan suratga olingan „Kasthooriman“ filmi bilan shuhrat qozondi, unda u komediya va sentimental sahnalarni ijro etgan. U „Kasturiman“ filmidagi ijrosi uchun birinchi Filmfare mukofotini oldi. Film 100 kun davom etgan va kassada muvaffaqiyat qozongan.
Oʻsha yili u TV Chandranning mashhur „Padam Onnu Oru Vilapam“ filmida rol ijro etgan. U yoshi kattaroq erkakka turmushga chiqishga majbur boʻlgan 15 yoshli muslima qiz rolini ijro etgan, buning uchun u Davlat mukofoti va Milliy mukofot bilan bir qatorda boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan. Undan keyin Kavya Madhavan bilan birga „Perumazhakkalam“da Raziya rolida paydo boʻlgan. „Achuvinte Amma“ (2005) filmida u yosh, yoqimli Achu obrazini oʻynadi. Keyin u „Rasathanthram“ (2006) filmida Mohanlal bilan juftlashdi. U filmning birinchi yarmida sharoit bosimi tufayli oʻzini oʻgʻilbolacha qiz obrazida suratga tushdi. Film tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Uning Dileep bilan keyingi filmi — „Vinodayathra“, uning rejissyori Sathyan Anthikkad edi. Keyinchalik u tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan „Ore Kadal“ filmida Mammutti bilan birga suratga tushgan. Film kinofestivallarda namoyish etildi va mukofotlarga sazovor boʻlgan. Uning begunoh oʻrta sinf ayoli sifatida ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan. Uning keyingi filmi „Calcutta News“ Dileep bilan birga boʻldi. Uni kino sohasi bilan tanishtirgan Blessi „Calcutta News“ rejissori edi. „Innathe Chintha Vishayam“ (2008) filmida u Sathyan Anthikkad bilan Mohanlal bilan yana toʻrtinchi ketma-ket filmida hamkorlik qilgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. Uning keyingi filmlari Kamal bilan „Minnaminnikoottam“ va Lenin Rajendran bilan „Rathri Mazha“ filmlari mufaffaqiyatsiz boʻlgan.
Filmografiyasi YilNomRolTilIzohlar2001SoothradharanShivaniMalayalamMalayalam tilida debyut film2002RunPriyaTamilTamil debyut filmiBalaAarthiTamil2003KasthoorimannPriyamvadaMalayalamPudhiya GeethaiSushiTamilGramophoneJennifer/ JennyMalayalamSwapnakkooduKamalaMalayalamAnjaneyaDivyaTamilPaadam Onnu: Oru VilapamShahinaMalayalamJootMeeraTamilChakramIndraniMalayalam2004Ammayi BagundiJanani,SatyaTeluguTelugu debyut filmAayutha EzhuthuSasiTamilMauryaAlameluKannadaKannada debyut filmGudumba ShankarGowriTeluguPerumazhakkalamRaziyaMalayalam2005Achuvinte AmmaAshwathy/ AchuMalayalamBhadraAnuTeluguKasthuri MaanUmaTamilSandakozhiHemaTamil2006Mercury PookkalAnbu ChelviTamilRasathanthramKanmani/ VelayuthankuttyMalayalamRarajuJyothiTelugu2007ArasuAishuKannadaMaharadhiKalyaniTeluguThirumaganAyyakkaTamilVinodayathraAnupama/ AnuMalayalamParattai Engira Azhagu SundaramShwetaTamilYamagola Malli ModalayindiAishwaryaTeluguOre KadalDeeptiMalayalam2008Calcutta NewsKrishnapriyaMalayalamInnathe Chintha VishayamKamalaMalayalamNepaliPriyaTamilMinnaminnikoottamCharulatha/ CharuMalayalamRathri MazhaMeeraMalayalamGorintakuLakshmiTeluguMaa Ayana Chanti PilladuRajeswariTelugu2009MariyadhaiChandraTamilBangaru BabuMeeraTeluguA Aa E EeKalyani ChandramTeluguDevaru Kotta ThangiLakshmiKannada2010Aakasa RamannaTaraTeluguSivappu MazhaiSamyukthaTamilIjjoduCheeniKannadaPen SingamMeghalaTamilHooJasmineKannadaPaattinte PalazhyVeenaMalayalamFour FriendsGowriMalayalam2011IlaignanMeeraTamilMohabbatSajnaMalayalamMambattiyanKannaathalTamil2012Aathi NarayanaLailaTamil2013Lisammayude VeeduLisammaMalayalamLadies and GentlemanAswathy/AchuMalayalamMokshaMokshaTeluguMs Lekha Tharoor KaanunnathuLekhaMalayalam2014Inga Enna SolluthuRajeshwariTamilVingyaniKaveriTamilOnnum MindatheSyamaMalayalam2015IthinumappuramRukminiMalayalam2016Pathu KalpanakalShazia AkbarMalayalam2018PoomaramOʻziMalayalam2022MakalJulietMalayalam
Manbalar
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar