İsmail Köybaşı (1989-yil 10-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasining „Trabzonspor“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Ilk faoliyat yillari Iskenderunlik oilada tugʻilgan Köybaşı mahalliy „Iskenderunspor“ klubida futbol oʻynashni boshlagan. Köybaşı hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyatini boshlagan, biroq hamkasblari tavsiyalaridan soʻng chap qanot himoya chizigʻini egallagan. U 2006-yilda „Gaziantepspor“ga qoʻshilishdan oldin boshqa mahalliy klub — „Iskenderun Kartalspor“da qisqa vaqt oʻynagan.

Gaziantepspor Köybaşı professional faoliyatini Gaziantepspor yoshlar divizionida boshlagan. 2008-yil 6-mayda u oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2008-09-yilgi mavsumda 24 ta oʻyindan 21 tasini asosiy tarkibda maydonga tushib boshlagan. Mavsum oxirida u bilan Turkiyaning toʻrtta katta klubi bilan bogʻlangan va yakunda Köybaşı Beshiktoshni tanlagan.

Beshiktosh Köybaşı 2009-yilning iyun oyida 6,5 million yevro evaziga „Beshiktosh“ safiga kelib qoʻshilgan. U jamoa bilan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvlarida oʻynay boshlagan va 2009-yilning 2-avgustida Fenerbahchega qarshi Superkubok bahsida debyut qilgan. 2009-yilning noyabrida u Chempionlar ligasi doirasida "Manchester United" ga qarshi „Old Trafford“da 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Rodrigo Telloning goliga assistentlik qilgan. Bu ingliz klubining 2005-yilning fevralidan beri 23 ta oʻyindan keyin birinchi marta oʻz maydonida Chempionlar ligasi guruh bosqichida magʻlubiyatga uchrashi boʻlgan.  U birinchi ligadagi golini 2009-yilning dekabr oyida Ankaragücü darvozasiga kiritgan„10 numara sol bek: İsmail Köybaşı“ (in Turkish). tff.org.tr. 5 January 2009. Retrieved 7 February 2009..

2011-yil sentabrida u „Bursaspor“ga qarshi oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan, biri 87-daqiqada Tomash Sivok boshi bilan zarba berib golga aylantirilganda jarima zarbasidan amalga oshirgan boʻlsa, ikkinchisi Filip Hološkoga uzatma bergan, u ham 90-daqiqada boshi bilan gol urgan va safarda 2-1 hisobidagi gʻalabani taʼminlagan.

Fenerbahche 2016-yilning 14-iyulida u klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaganKöybaşı signed contract.

Granada 2019-yil 29-avgust kuni erkin agent sifatida Köybaşı La Liganing yangi jamoasi Granada CF bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyat Köybaşı Turkiya terma jamoasida U-21 oʻyinida maydonga tushgan va u toifada beshta oʻyin oʻtkazgan. Köybaşı Fotih Terim tomonidan 2009-yilning 12-avgustida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U 86-daqiqada Arda Turanning oʻrniga maydonga tushib, ilk oʻyinida gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa JamiOʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Gaziantepspor 2007-08 1 0 0 0 0 0 1 0 2008-09 24 0 3 0 0 0 27 0 Jami 25 0 3 0 0 0 28 0 Beshiktosh 2009-10 15 1 4 0 3 0 22 1 2010-11 19 1 10 0 8 0 37 1 2011-12 31 0 1 0 10 0 42 0 2012-13 2013-14 7 0 1 0 0 0 8 0 2014-15 12 0 6 0 7 0 25 0 2015-16 27 0 2 0 6 0 35 0 Jami 111 2 24 0 34 0 169 2 Karyerada jami 136 2 27 0 34 0 197 2

Yutuqlar

Beshiktosh

Superliga : 2015-16 Turkiya kubogi : 2010-11

Trabzonspor

Superliga : 2021-22

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Gaziantepspor futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Trabzonspor futbolchilari Turkum:Göztepe S.K. futbolchilari