Dinara Saduakassova (, 1996-yil 31-oktyabrda tugʻilgan)WIM title application. FIDE. — qozogʻistonlik shaxmatchi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Karyera Dinara Saduakassova Qozogʻistonning Ostona shahrida tugʻilgan 2010-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasidaWorld Youth Chess Championships 2010 Girls Under 14. chess-results.com.. va 2014-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ikki marta gʻolib boʻlganWorld Youth Chess Championships 2014 U18 Girls. chess-results.com..

U 2012-yilda Istanbulda boʻlib oʻtgan Olimpiadada ishtirok etgan vaqtida bor yoʻgʻi 15 yoshda boʻlgan va turnirning eng yosh oʻyinchisi sifatida qaralgan. Istabuldagi oʻyinlari natijasida „Ayol grossmeyster“ unvoniga sazovor boʻlgan. Oʻsha yili u Moskva ochiq chempionatida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Mihajlova, Diana. „Dinara Saduakassova — the Kazakh prodigy“. Chess News. 5 August 2015.

Dinara Qozogʻiston terma jamoasi safida toʻrt marotaba ayollar shaxmat olimpiadalarida (2008, 2010, 2012 va 2014), shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida ikkita jamoaviy jahon chempionatida (2013 va 2015), uch marta ayollar oʻrtasidagi Osiyo Millatlar kubogida (2012, 2014 va 20) ishtirok etgan. 2011-yil 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon shaxmat olimpiadasida ham qatnashgan. Dinara 2016-yilda Abu-Dabida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo Millatlar kubogida jamoaviy oʻyinlarda bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yilda Saduakassova Makedoniyaning „Gambit Asseco SEE“ jamoasida oʻynadi, u Skopye shahrida boʻlib oʻtgan ayollar shaxmat klublari oʻrtasidagi Yevropa kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdiDinara Saduakasova team chess record at Olimpbase.org.

2016-yil avgust oyida Saduakassova Hindistonning Bhubanesvar shahrida oʻtkazilgan oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻldi. U 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, ikkinchi davrada Xarika Dronavalliga yutqazib qoʻydi. Oʻsha yili u xalqaro usta unvonini ham qoʻlga kiritdi.

2019-yil oktabr oyida u 2019-yilgi FIDE Chess.com Grand Shveysariya turnirida 2650 reyting balli bilan ishtirok etib, oʻzining birinchi grossmeysterlik normasini oldi.

Faollik 2017-yilning 17-noyabrida Dinara Saduakassova BMTning Qozogʻistondagi bolalar jamgʻarmasining Milliy elchisi boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Dinara Saduakassova chess games at 365Chess.com Dinara Saduakassova — the Kazakh prodigy

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar