Uğur Tütüneker (1963-yil 2-avgustda Bursa, Turkiyada tugʻilgan) — turkiyalik sobiq futbolchi va murabbiy, Adana Demirspor bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Bolaligida oilasi bilan Germaniyaga koʻchib kelganidan soʻng, u „Bavariya“ yoshlar akademiyasida futbol oʻynay boshlaganhttps://www.transfermarkt.world/ugur-tutuneker/profil/trainer/2492.

Jamoalardagi faoliyati Uğur Tütüneker 1986-yil iyul oyida „Galatasaroy“ga oʻtgunga qadar „Bavariya“ da oʻynagan. Uni Germaniya terma jamoasining afsonaviy bosh murabbiyi Yupp Derval payqab qolgan va u „Galatasaroy“ bilan shartnoma imzolagan. U faoliyatining oxirigacha „Galatasaroy“da 7-raqamli libosda oʻynagan. Uğur Tütüneker 1995\96-yilgi mavsumdan soʻng professional futbol faoliyatini yakunlagan. „Galatasaroy“da 10 mavsumda u jamoa safida 222 ta oʻyinda maydonga tushib, 40 ta gol urganhttps://eksisozluk.com/ugur-tutuneker--50126.

Klubdagi faoliyati davomida u 4 marta Turkiya ligasi chempionligi, 2 marta Turkiya kubogi, 3 marta Prezident kubogi, 1 marta Bosh vazir kubogi va 3 marta Turkiya sport yozuvchilar kubogini qoʻlga kiritgan. U „Galatasaroy“ning asosiy oʻyinchilaridan biri edi.

Uğur Tütüneker oʻzining texnik qobiliyati, ijodiy oʻyini, dribling mahorati hamda toʻpni ajoyib tarzda toʻxtatish qobiliyati bilan maqtovga sazovor boʻlgan. U 1988\89-yillarda Yevropa chempionlar kubogida yarim finalda oʻynagan „Galatasaroy“ jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri edi. Uğur Tütüneker „Galatasaroy“ga „Neuchatel Xamaks“ga qarshi kechgan 5:0 hisobidagi esda qolarli gʻalabada 2 ta gol urganhttps://www.mackolik.com/futbolcu/u%C4%9Fur-t%C3%BCt%C3%BCneker/1me60t563w1jkkkbknrhuouz9.

Xalqaro faoliyat Uğur Tütüneker Turkiya terma jamoasi safida 18 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Uğur Tütüneker butun faoliyati davomida jarohatlar olgan va bu uning terma jamoada muntazam oʻrnini saqlab qolishiga toʻsqinlik qilgan.

Murabbiylik faoliyati U 1998-yilda „Yimpash Yozgatspor“da murabbiy yordamchisi sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan. U 1999—2000-yilda „Siirtspor“ni boshqargan va jamoasi Turkiya birinchi ligasiga chiqqan. U ikki marta „Yimpash Yozgatspor“, „Kayseri Erciyesspor“, „Istanbul Büyükshehir Belediyespor“ va „Istanbulspor“ klublarini boshqargan. U oxirgi marta Torku Konyasporni boshqargan.

Faoliyat statistikasi

thumb|290px Oʻyinchi KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBayern Munich II1984-85????????1985-86????????Jami????????Galatasaray1986-873212????32121987-88335????3351988-89329????3291989-90304????3041990-91293????2931991-92145????1451992-93202????2021993-94180????1801994-95100????1001995-9640????40Jami22240????22240Karyerada jami22240????22240 Turkiya terma jamoasi YilOʻyin Gol 1986 2 0 1987 4 0 1988 1 0 1989 5 0 1990 1 0 1991 4 1 1992 1 0 Jami 18 1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar