Nigina Faxriddinova (toʻliq ismi: Nigina Timurovna Faxriddinova) – oʻzbekistonlik goʻzallik tanlovi sovrindori. Nigina ilk bor „Miss International 2022“ xalqaro goʻzallik tanlovida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. 2019- va 2022-yillardagi „Oʻzbekiston goʻzali“ unoniga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston goʻzali 2024-yilgi Koinot goʻzali () tanlovida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik dastlabki model hisoblanadi.

Hayoti Nigina Faxriddinova 1999-yil 15-iyun kuni Oʻzbekistonning Navoiy shahrida tugʻilgan. Onasi Lola Bazarova, otasi Timur Faxriddinovdir. Millati oʻzbek. Bolaligida u onasi va oʻgay otasi bilan yashagan.

2015-yil Navoiy shahridagi 8-maktabni tamomlagan. Keyin u kollejda oʻqigan, kompyuter muhandisi mutaxassisligi boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga ega. Onasi oʻgay otasi bilan ajrashgach, oila Toshkentga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati 2017-yilda u „BBS Fashion Show 2017“ loyihasida ishtirok etgan.

2018-yilda u „MDH Top Modeli-2018“ tanlovida ishtirok etib, eng yaxshi 30 nafar ishtirokchi qatoriga kirdi. Barcha ishtirokchilar orasidan bittasi birdaniga ikkita nominatsiya boʻyicha taqdirlandi – Fashion Model 2018 va Top model doʻstlik.

2018-yilda Nigina „Sugar Plum Fashion Show Ramadan 2018“ va „Toshkent Fashion Week-2018“da ham ishtirok etgan.

2019-yilda u "Miss Intercontinental tanlovida ishtirok etib, Oʻzbekiston nomidan birinchi supermodelga aylangan. Oʻsha yili u „Tojikistonda moda haftaligi 2019“, „Uzbekistan Fashion Show 2019“, „Nariman Grigoryan Fashion Show 2019“, „Aspara Fashion Week 2019“ podiumlarida ishlagan.

2020-yilda u „Art by Sofia 2020“, „Silk Road Festival 2020“, „Nafisa Imronova Fashion Show 2020“ defilelarida ishtirok etgan.

Morgan, Pimkie va boshqa koʻplab brendlar bilan hamkorlik qilgan.

2021-yil mart oyida u Samsung kompaniyasining Oʻzbekistondagi #FemaleTeamGalaxy loyihasida ishtirok etgan.

Nigina dastlab 2020-yilga belgilangan, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgan „Miss International 2022“ goʻzallik tanlovida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan edi.

Filmografiyasi 2021 – MENI ASRA – Aika

Mukofotlar va unvonlar

MDH moda modellari 2018 Top Model Doʻstlik 2018 Miss Intercontinental Uzbekistan 2019 Miss International Uzbekistan 2020/21 Miss Uzbekistan 2019 Miss Uzbekistan 2022

Nigina Fahriddinova Oʻzbekistonning TOP-8 muvaffaqiyatli modellari, dunyodagi eng mashhur oʻzbeklar TOP-40, shuningdek, Markaziy Osiyoning eng chiroyli modellari TOP-8ligi kiritilgan.

Manbalar

Havolalar

Nigina Faxriddinova Miss International rasmiy saytida

Nigina Faxriddinova Vesti.uz saytida Nigina Faxriddinova Mir24.tv saytida Nigina Faxriddinova Sputnik Uzbekistan saytida

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:15-iyunda tugʻilganlar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol modellar Turkum:2021-yilgi Miss International ishtirokchilari Turkum:Miss International gʻoliblari