Viktor Konstantinovich Mixaylov (1932-yil 8-mayda Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati Lisogorskiy tumanidagi Uritskoy qishlogʻida tugʻilgan – 2003-yil 23-sentabrda Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasida vafot etgan) – sovet davlat va xoʻjalik arbobi. Biografiyasi Viktor Mixaylov 1932-yilda Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati Lisogorskiy tumanidagi Uritskoy qishlogʻida dunyoga kelgan. 1957-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan. 1954-yilda Saratov qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutini (muhandis-mexanik) tamomlagan. 1954-1965-yillarda – Jarqoʻrgʻon mashina-ekskavator stansiyasi bosh muhandisi, bosh mexanigi, Oʻzbekiston SSR Glavvodstroy „Surxonvodstroy“ qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi (Oʻzbekiston SSRning janubiy hududida istiqomat qilib suv xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlari, maishiy ob’ektlar, qurilishiga rahbarlik qilgan) lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1965-1982-yillarda – KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning Surxondaryo viloyat qoʻmitasi qurilish va sanoat boʻlimi mudiri, KPSS Surxondaryo viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotibi vazifasida ishlagan. 1982-1986-yillarda – Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari; 1986-1998-yillarda – Oʻzbekiston SSR uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri boʻlib faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 8-, 9-, 10- va 11-chaqiriqlari deputati. SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati. 1972-1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi; 1983-1986-yillarda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Byurosi aʼzosi hisoblangan. Viktor Mixaylov 2003-yilda Toshkentda vafot etgan. U shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi Otasi – Konstantin Aleksandrovich Mixaylov, Saratov viloyatidagi Mashina-traktor stantsiyasi va sovxoz direktori lavozimlarida ishlagan.
Onasi – Mixaylova Olga Lukinichna.
Turmush oʻrtogʻi – Mixaylova Mariya Ivanovna (ilgarigi familiyasi Brosalova).
Katta oʻgʻli – Mixaylov Aleksandr Viktorovich, qurilish muhandisi.
Kenja oʻgʻli – Mixaylov Vyacheslav Viktorovich, muhandis-gidravlik, iqtisod fanlari nomzodi, iqtisod fanlari professori (PhD).
Oʻgʻil nabirasi – Konstantin, qiz bola nabirasi – Aleksandra.
Mukofotlari „Oktabr inqilobi“ ordeni; „Qizil Bayroq“ ordeni (3); „Shon-sharaf belgisi“ ordeni; „Doʻstlik“ ordeni; „SSSR davlat chegarasini himoya qilishdagi xizmatlari uchun“ medali; Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan „Jasoratli mehnati uchun“ medali; „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi“; „SSSR VDNK“ (Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi) oltin medali; „SSSR VDNX“ kumush medali sohibi(3karra); 1992-yili „Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi“ bilan taqdirlangan 1995-yilda „Doʻstlik“ ordeni bila mukofotlangan.
Manbalar
Havolalar Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR. Devyatiy soziv. – Tashkent: Izdatelstvo „Uzbekistan“, 1976. – 336 s. Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR. Desyatiy soziv. – Tashkent: Izdatelstvo „Uzbekistan“, 1981. – 339 s. Deputati Verxovnogo Soveta SSSR. Odinnadsatiy soziv. – M.: Izdatelstvo „Izvestiya“, 1984. – 543 s. Tashkent. Ensiklopediya. – Tashkent: Glavnaya redaksiya Uzbekskoy Sovetskoy Ensiklopedii, 1983. – 416 s. Respublika Uzbekistan: Ensiklopediya. – Tashkent: Izdatelstvo „Komuslar Bosh taxririyati“, 1997. – 656 s. Gazeta „Pravda Vostoka“, № 5 (22171). – Tashkent: tipografiya izdatelstva TsK Kompartii UzSSR, 1990. Gazeta „Narodnoe slovo“, № 57 (1067). – Tashkent: GSP, 1995.
Turkum:8-mayda tugʻilganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:23-sentyabrda vafot etganlar Turkum:2003-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar