link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/29/Child_Abuse.jpg/220px-Child_Abuse.jpg|thumb| Florida shtatining Sarasota shahridagi bolalarga nisbatan zoʻravonlik haqida ogohlantirish banneri

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik yoki shafqatsizlik – bu bola yoki bolalar guruhiga ota-ona yoki tarbiyachi tomonidan jismoniy, jinsiy va/yoki ruhiy zoʻravonlik qilinishi yoki, umuman, beparvolikdir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik ota-ona yoki tarbiyachining bolaga haqiqiy yoki potensial zarar yetkazishiga olib keladigan har qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikni oʻz ichiga olishi mumkin va bu holat odatda bolaning uyida yoki bola vaqt oʻtkazadigan tashkilotlar, maktablar yoki jamoalar joylarida sodir boʻladi.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik va bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish atamalari koʻpincha bir-birining oʻrnida ishlatiladi. Shunga qaramay, baʼzi tadqiqotchilar bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish atamasini beparvolik, ekspluatatsiya va odam savdosini oʻz ichiga oluvchi soyabon atama sifatida koʻrishadi.

Turli yurisdiksiyalar shartli hisobot berish, turli hollarda bolalarni oʻz oilalaridan ajratish yoki jinoiy ayblov eʼlon qilish uchun bolalarga nisbatan zoʻravonlik tushunchasining turli taʼriflariga nisbatan oʻz pozitsiyalarini ishlab chiqdilar.

Tarix XIX asrning oxirlarida ish beruvchilar va oʻqituvchilar tomonidan bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlinishi odatiy va keng tarqalgan hol boʻlib, koʻplab mamlakatlarda jismoniy jazo qoʻllash tartibi tabiiydek qabul qilinardi. Ammo XIX asrning birinchi yarmida filitsid holatlarini (ota-onalar tomonidan bolalarning oʻldirilishi) oʻrganuvchi patologanatomlar otalik gʻazabiEditorial (1848) Triple infanticide — suicide du meurtrier. Annales Médico-psycholiques 11: 108 only., takroriy jismoniy zoʻravonlikLeuret (1837) Suspicion de folie chez une femme reconnue coupable d’avoir, pendant sa grossesse fait des blessures mortelles a deux de ses enfans: affaire R. Annales d’Hygiène Publique et de Médecine Légale 17: 374-400., ochlikRothamel (1845) Eine Mutter führt durch allmälige Entziehung der Nahrungsmittel den Tod ihres ehelichen Kindes herbei. Henkeʼs Zeitschrift für der Staatsarzneikunde 50: 139-156. va jinsiy zoʻravonlik natijasida sodir boʻlgan oʻlim holatlari haqida xabar berishdiBoys-de-Loury, Devergie, Ollivier (1843) Consultation medico-légale sur un cas de mort violente, chez un enfant de deux ans et demi. Annales d’Hygiène Publique et de Médecine Légale 29: 185-203.. 1860-yilgi izlanishlarida buyuk fransuz sud tibbiyoti eksperti Auguste Ambroise Tardieu 32 ta shunday holatni qayd etdi, ulardan 18 tasi oʻlimga olib kelgan boʻlib, bolalar ochlik va/yoki takroriy jismoniy zoʻravonlik oqibatida halok boʻlgan; ular orasida 8 yoshida bobosi va buvisi tomonidan qaytarib berilgan va 9 yil davomida ota-onasi tomonidan qiynoqqa solingan, har kuni qamchilangan, bosh barmoqlariga osib qoʻyilgan, mixlangan taxta bilan kaltaklangan va issiq choʻgʻ bilan kuydirilgan Adeline Defert ismli qiz boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, uning yaralari nitrat kislota bilan yuvilib, tayoq bilan defloratsiya qilinganTardieu A (1860) Étude médico-légale sur les sévices et mauvais traitements exercés sur des enfants. Annales d’Hygiène 15: 361-398.. Tardieu bolalar himoyaga olingan uyga tashrif buyuradi va ularning bu yerga kelgandan keyingi holatlarini kuzatadi; himoyaga olinganda bolalarning yuzlaridagi qayg‘u va qo‘rquv yo‘qolgan edi. U shunday deydi: „Biz har kuni deyarli soatlab vahshiyliklarga, tasavvur qilib bo‘lmaydigan qiynoqlarga va og‘ir koʻrguliklarga duchor bo‘lgan bu bechora himoyasiz bolalarning hali goʻdakligini hisobga olsak, ularning hayoti bir umrlik shahidlikdir — va biz ularning azoblovchilari aynan ularga hayot bergan onalari ekanliiga duch kelganimizda biz axloqchining qalbi yoki adolat vijdonini bezovta qiladigan eng dahshatli muammolardan biriga duch kelamiz“Brockington I F (1996) Motherhood and Mental Health. Oxford, Oxford University Press, page 396 — translation of a passage in Tardieu (1860).. Uning kuzatuvlarini Boileau de Castélnau (u misopédie — bolalarga nafrat atamasini hayotga tatbiq qilgan)Boileau de Castélnau P (1861) Misopédie ou lesion de l’amour de la progéniture. Annales Médico-psychologiques 3rd series 7: 553-568. tomonidan yangraydi va AubryAubry P (1891) De l’Homicide Commis par la Femme. Paris, Storck, pp 1-38. va bir nechta tezislar bilan tasdiqlanadiDelcasse A (1885) Étude medico-légale sur les sévices de l’enfance. Thèse, Paris.Duval P (1892) Des sévices et mauvais traitements. Thèse, Lyon.Dumas E (1892) Du libéricide ou meurtre des enfants mineurs par leurs parents. Thèse, Lyon..

Bu erta fransuz kuzatuvlari tillar toʻsigʻidan oʻta olmadi va boshqa xalqlar hanuz chaqaloqlar va yosh bolalar bilan bogʻliq koʻplab travmatik holatlarning sabablarini bilmas edilar; insoniyat Tardieuning „dahshatli muammosi“ bilan muntazam ravishda kurasha boshlagunga qadar oradan deyarli yuz yillar oʻtib ketdi. XX asrda patologiya va pediatrik rentgenologiyada, ayniqsa, surunkali subdural gematoma va oyoq-qoʻllarning sinishi bilan bogʻliq koʻplab dalillar toʻplana boshladi: subdural gematoma qiziq bimodal taqsimotga ega boʻlib, chaqaloqlarda idiopatik va kattalarda travmatik xusuiyatga egaSherwood D (1930) Chronic subdural haematoma in infants. American Journal of Diseases of Children 39: 980-1021., yaʼni uzun suyaklarning nomaʼlum ossifikatsion periostitlari chandiq ekstraktsiyalari toʻgʻridan-toʻgʻri olib tashlanganidan keyin sodir boʻlganiga oʻxshardiSnedecor S T, Knapp R E, Wilson H B (1935) Traumatic ossifying periostitis of the newborn. Surgery, Gynecology and Obstetrics 61: 385-387.. 1946-yilda amerikalik pediatriya radiologiyasi asoschisi Jon Kaffi uzun suyak sinishi va surunkali subdural gematomaning assotsiatsiyasiga eʼtibor qaratdiCaffey J (1946) Multiple fractures in long bones of infant suffering from chronic subdural haematoma. American Journal of Roentgenology 56: 163-173. va 1955-yilda tajovuzkor, balogʻatga etmagan va hissiy jihatdan kasal ota-onalarning qaramogʻidan chiqarilgan chaqaloqlarda yangi jarohatlar paydo boʻlmaganligini qayd etdiWoolley P V, Evans W A (1955) Significance of skeletal lesions in infants resembling those of traumatic origin. Journal of the American Medical Association 158: 539-543..

Natijada 1960-yillarda mavzu boʻyicha professional tadqiqotlar yana boshlab yuborildi. 1962-yil iyul oyida asosan pediatrik psixiatriya bilan shugʻullanuvchi C. Genri Kempe tomonidan yozilgan va Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnalida chop etilgan „Kaltaklangan bola sindromi“ maqolasining nashri bolalarga nisbatan yomon munosabatda boʻlish umumiy tushunchaga kirgan paytni anglatadi. Maqola nashr etilishidan oldin bolalarning shikastlanishi, hatto suyaklarning takroriy sinishi ham qasddan sodir etilgan jarohatlar natijasi sifatida tan olinmagan. Buning oʻrniga oʻsha paytlarda shifokorlar koʻpincha boladan tashxis qoʻyilmagan suyak kasalliklarini qidirdilar yoki ota-onalarning tasodifiy baxtsiz hodisalar, masalan, qoʻshni bezori bolalar tomonidan chaqaloqning yiqitib qoʻyilishi kabi versiyalarni haqiqat deb qabul qildilar .

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini oʻrganish akademik intizom sifatida 1970-yillarning boshlarida Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan. Elisabeth Young-Bruehlning taʼkidlashicha, bolalar huquqlari himoyachilari soni va bolalarni himoya qilishga qiziqish koʻrsatkichlari ortib borayotganligiga qaramay, bolalarni „zoʻrlanganlar“ va „zoʻrlanmaganlar“ guruhlariga boʻlish bolalar huquqlari tushunchasini toraytiruvchi sunʼiy farqni keltirib chiqardi va bolalarning jamiyatda qanday kamsitilganini tekshirish harakatlariga maʼlum maʼnoda toʻsqinlik qildi. Young-Bruehlning soʻzlariga koʻra, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va ularga nisbatan loqaydlik holatlarini oʻrganishning yana bir sababi bolalarning oʻzlari shafqatsizlikni qanday qabul qilishlari va kattalarning ularga boʻlgan munosabatiga ahamiyat berishlari borasidagi izlanishlar edi. Young-Bruehlga koʻra, toki jamiyatda bolalarning kattalardan „bir pogʻona pastda turish“lari haqida qrashlar mavjud ekan, zoʻravonlik holatlari yuz berish yoki bermasligidan qatʼi nazar barcha bolalar azoblanadi.

Taʼriflar Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga berilgan taʼriflar professionallar, ijtimoiy va madaniy guruhlar oʻrtasida va vaqt oʻtishi bilan farq qiladi. Adabiyotda zoʻravonlik va yomon muomala atamalari koʻpincha bir-birining oʻrnida ishlatiladi. Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va eʼtiborsizlikning barcha shakllarini qamrab oladigan soyabon atama boʻlishi mumkin. Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatni aniqlash ustuvor madaniy qadriyatlarga bogʻliq, chunki ular bolalarga, bolaning rivojlanishiga va ota-onalarga tegishli. Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat tushunchasining taʼriflari jamiyatning ushbu muammo bilan shugʻullanuvchi sohalari, masalan, bolalarni himoya qilish agentliklari, yuridik va tibbiy jamoalar, sogʻliqni saqlash xodimlari, tadqiqotchilar, amaliyotchilar va bolalar himoyachilari oʻrtasida bir-biridan farq qilishi mumkin. Ushbu turli sohalar vakillarining har biri oʻzlarining taʼriflaridan foydalanishga moyil boʻlgani sababli fanlar boʻylab muloqot cheklangan boʻlishi mumkin, bu bolalarga nisbatan yomon munosabatni aniqlash, baholash, kuzatish, davolash va oldini olish harakatlariga toʻsqinlik qiladi.

Umuman olganda, zoʻravonlik (odatda qasddan qilingan) komissiya harakatlariga, beparvolik esa harakatsizlikka tegishli. Bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish ota-onalarning yoki tarbiyachilarning bolaga haqiqiy yoki tahdid ostidagi zarar yetkazadigan xatti-harakatlarini ham, harakatsizligini ham oʻz ichiga oladi. Baʼzi sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari va mualliflar bolaga nisbatan eʼtiborsizlikni zoʻravonlik taʼrifining bir qismi deb bilishadi, boshqalari esa yoʻq; buning sababi zararning beixtiyor boʻlishi yoki bolani qanday tarbiyalash kerakligi haqidagi madaniy eʼtiqodlar natijasida tarbiyachilar muammoning jiddiyligini tushunmaganligi boʻlishi mumkin. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik va beparvolikning kechiktirilgan oqibatlari, ayniqsa, hissiy beparvolik va bolalarga nisbatan zoʻravonlik sifatida baholanadigan xatti-harakatlarning xilma-xilligi ham mavjud omillardir.