Mile Svilar (1999-yil 27-avgustda tugʻilgan) – professional futbolchi, Italiya A Seriyasining „Roma“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Belgiyada tugʻilgan, Serbiya terma jamoasi vakili.

Klub faoliyati

Anderlext Svilar KFCO Wilrijk va Beerschot ACning yoshlar jamoalari tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2010-yilda u Belgiya jamoasi Anderlextga qoʻshilib, 2016-17-yilgi mavsumda uchinchi darvozabon sifatida faoliyatini boshladi. Lekin bu mavsumda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi.

Benfika Svilar 2017-yilning 28-avgustida Portugaliyaning shu yilgi chempioni „Benfika“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 14-oktyabr kuni u klubdagi debyutini „Olhanense“ga qarshi oʻyinda boshladi va bu oʻyinda jamoasi bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Bu uchrashuvda Svilar „Benfika“da oʻynagan eng yosh darvozabonga aylandi. Xalqaro musobaqada u 2017-yil 18-oktabr kuni 18 yoshu 52 kunligida „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib, Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh darvozabon sifatida Iker Kasilyasning rekordini yangiladi. Angliya termasiga qarshi javob oʻyinida 18 yoshu 65 kunligida u Chempionlar ligasi oʻyinida penaltini amalga oshirgan eng yosh darvozabonga aylandi.

Roma 2022-yil 1-iyulda Svilar A Seriya klubi Roma bilan 2027-yil 30-iyungacha shartnomani imzoladi.

Xalqaro faoliyati

Yoshlar terma jamoasi Svilar Belgiya U-16, Belgiya U-17, Belgiya U-18 terma jamoalari va Belgiya U-19 terma jamoasi azosi boʻlgan. U Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Belgiya U-17 terma jamoasi uchun birinchi raqamli darvozabon sifatida tanlab olingan.

Kattalar terma jamoasi Svilarning ota-onasi serb oilasida tugʻilgan. Shuning uchun Svilar Belgiya yoki Serbiya terma jamoasi vakili boʻlishi mumkin edi. 2017-yilning 4-noyabrida u Serbiya futbol assotsiatsiyasining chaqiruvini qabul qilib, 2018-yilning mart oyida Serbiya terma jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazishini eʼlon qildi. U Serbiya bilan 2021-yil 1-sentyabrda Qatar ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻrtoqlik oʻyinida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti Svilar Serbiya pasportiga ega. Uning otasi Ratko Serbiyalik sobiq darvozabon hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi

Klub Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Anderlext 2016-17 Belgiya birinchi divizioni A 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Benfika 2017-18 Primera Liga 3 0 1 0 3 0 2 0 9 0 2018-19 1 0 5 0 0 0 4 0 10 0 2019-20 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 2020-21 2 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 5 0 6 0 3 0 6 0 20 0 Benfika B 2018-19 LigaPro 1 0 — — — 1 0 2019-20 10 0 — — — 10 0 Jami 11 0 — — — 11 0 Faoliyatidagi jami 16 0 6 0 3 0 6 0 31 0

Xalqaro

Serbiya Yil Oʻyinlar Gollar 2021-yil 1 0 Jami 1 0

Yutuqlar Anderlext

Belgiya Superkubogi : 2017

Benfika

Primera Liga gʻolibi: 2018-19

Manbalar

Havolalar

Mile Svilar A. S. Roma saytida

Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:S.L. Benfica B futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Belgiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar