Felisita Leon „YaYa“ Gosselin (2009-yil 26-yanvarda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U oʻz faoliyatini reklama roliklari uchun model sifatida suratga tushishdan boshlagan va After Omelas (2017) filmida aktrisalik debyutini amalga oshirgan. Shundan soʻng, Felisita Peppermint (2018), The Purge (2018), 13 Reasons Why (2019—2020) hamda FBI (2019—2020) kabi teleseriallarda ikkinchi darajali rollarda koʻrinish beradi. Aktrisa oʻzining FBI: Most Wanted (2020-yildan hozirgi kungacha) ikkinchi mavsumida doimiy ishtirok etgan Tali LaCroix rolini qayta takrorlaydi. Gosselin Netflixning We can be Heroes (2020) filmida Missy Moreno rolini ijro etgani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻlgan.
Yoshligi Gosselin 2009-yil 26-yanvarda Dallasda Monica Mendez-Gosselin oilasida tugʻilgan. Gosselinning ismini Felisita deya uning katta buvisi Felisita Chavesga atab qoʻyishgan. Uch yoshida u Dallas bolalar teatrida aktyorlik faoliyatini boshlaydi, shuningdek, DTV studiyasida aktrisalik mahoratidan tahsil oladi. Gosselin Ohlook Performing Arts Centerda balet boʻyicha tahsil olgan. Uning ikkita kichik singlisi bor va ularha Gosselin singari lotin millatiga mansubdirlar.
Faoliyati Besh yoshida Gosselin agentlik bilan shartnoma tuzadi va bir oy oʻtgach, JCPenney, Famous Footwear, Hasbro va Connʼs HomePlus kabi reklama roliklari uchun modellik qilish maqsadida oʻzining dastlabki ishini boshlashga qaror qiladi. 2017-yilda u After Omelas filmida paydo boʻladi. 2018-yilda esa Peppermint jangovar triller filmida va The Purge antologiya kabi teleseriallarda kichik rollarda ishtirok etadi. Gosselin „Lord Finn“ filmida Jenni Finley rolini oʻynagan va u 2020-yilda „Sunny Side Up“ kinofestivalida „Eng yaxshi bola aktrisasi“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol 2017 After Omelas Lauren 2018 Peppermint Ana The Purge yosh Penelope Laugh Till It Hurts Tiara Law and Order: Sting Unit Officer Olivia Day 13 Gabby Rae 2019 Lord Finn Jenny Finley 20192020 FBI Natalia „Tali“ Skye LaCroix 13 Reasons Why Graciella Padilla 2020present FBI: Most Wanted Natalia „Tali“ Skye LaCroix 2020 We Can Be Heroes Missy Moreno 2021 Dr. Bird's Advice for Sad Poets yosh Jorie 2022 Surfside Girls Sam
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:2009-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar