Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti () — SSSR tarkibidagi Oʻzbekiston SSR Oliy qonunchilik va vakillik organi. 1938-yildan to 1991-yil 31-avgustga qadar amalda boʻlgan. 1991-yildan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga aylantirilgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining oʻtmishdoshi Yoʻldosh Oxunboboyev boshqargan Oʻzbekiston SSR Markaziy ijroya qoʻmitasi hisoblanadi. Chaqiriqlar 53 yil davomida faoliyat yuritgan Oliy Sovet davrida 12 ta chaqiriq amalga oshirilgan:
1-chaqiriq — 1938—1946-yillar 2-chaqiriq — 1947—1950-yillar 3-chaqiriq — 1951—1954-yillar 4-chaqiriq — 1955—1959-yillar 5-chaqiriq — 1959—1962-yillar 6-chaqiriq — 1963—1966-yillar 7-chaqiriq — 1967—1970-yillar 8-chaqiriq — 1971—1974-yillar 9-chaqiriq — 1975—1979-yillar 10-chaqiriq — 1980—1984-yillar 11-chaqiriq — 1985—1989-yillar 12-chaqiriq — 1990—1991-yillar
thumb|left|150px|Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlik nishoni Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining soʻnggi, 12-chaqirigʻi uchun saylovlar 1990-yilning fevral—aprel oylarida oʻtkazilgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti bir palatali parlament hisoblangan. Uning soʻnggi sessiyalarida respublikaning barcha hududlaridan saylangan turli millatga mansub 500 nafar xalq deputatlari ishtirok etgan. 12-chaqiriq 1990-yilda Islom Karimovni prezident sifatida saylagan va 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekistonni mustaqil deb eʼlon qilgan chaqiriq sifatida tarixda qolgan.
1991-yil 31-avgustda, mustaqillik eʼlon qilinishi davrida Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetiga Shavkat Yoʻldoshev raislik qilgan. U raislik lavozimida 1993-yilgacha faoliyat olib borgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raislari
Usmon Yusupov Abdurazzoq Mavlonov Nuriddin Muhiddinov Orif Hakimov Rasul Gʻulomov Mirzamahmud Musaxonov Obid Sodiqov Saʼdi Sirojiddinov Asadilla Xoʻjayev Erkin Yusupov Poʻlat Habibullayev Rasul Gʻulomov Mirzaolim Ibrohimov Shavkat Yoʻldoshev
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari
Yoʻldosh Oxunboboyev Abduvali Moʻminov Amin Niyozov Sharof Rashidov Yodgor Nasriddinova Nazar Matchonov Inomjon Usmonxoʻjayev Oqil Salimov Rafiq Nishonov Poʻlat Habibullayev Mirzaolim Ibrohimov Yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Oʻzbekiston SSR Turkum:SSSR ittifoqdosh respublikalari Oliy Sovetlari Turkum:1938-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Sovet Ittifoqi hukumati Turkum:Oʻzbekiston hukumati