Jung Eun-bi (1997-yil 30-mayda tugʻilgan), Eunha sahna nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U GFriend qizlar guruhining vokalisti va hozirda Viviz triosining aʼzosi.
Yoshligi Eunha 1997-yil 30-mayda Seulda tugʻilgan. U 2007-yilda The Clinic for Married Couples: Love and War teleserialida rol oʻynagan. U yetti yoshligida unga langerhans hujayrali gistiyositoz tashxisi qoʻyilgan. Keyin u kasallikni davolashni boshlagan va boshlangʻich maktabning oltinchi sinfiga qadar muntazam ravishda qon tahlilini oʻtkazgan. Muvaffaqiyatli davolanib, bu kasallik qayta takrorlanish ehtimoli yoʻqligi aytildi.
Faoliyati Eunha Janubiy Koreyaning GFriend qizlar guruhi aʼzosi sifatida 2015-yil boshida Glass Bead qoʻshigʻi bilan debyut qilgan. U Pro C-ning 2015-yil 21-oktyabrda chiqarilgan Han River at Night singlida ishtirok etgan. Eunhaning birinchi yakkaxon chiqishi Six Flying Dragons televideyiye dramasining saundtreki uchun yozilgan Donʼt Come to Virewell qoʻshigʻi edi. Qoʻshiq 2016-yil 7-martda chiqarilgan.
U MBC MBig TV veb-shousida Oh, My God!, Block B guruhi aʼzosi Park Kyung bilan ishtirok etgan. Eunha Park Kyungning 2016-yil 25-mayda chiqarilgan Inferiority Complex singli klipida namoyish etildi.
Uning ikkinchi yakkaxon chiqishi Temperature of Love televideniye dramasining saundtreki uchun yozilgan Love-ing qoʻshigʻi edi. U 2017-yil 2-oktyabrda chiqarilgan.
2021-yil 6-oktyabrda Eunha sobiq GFriend aʼzolari SinB va Umji bilan birgalikda BPM Entertainment leybli ostida trio sifatida debyut qilish uchun shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 2021-yil 8-oktyabrda ularning yangi guruh nomi Viviz boʻlishi eʼlon qilindi. Viviz 2022-yil 9-fevralda Beam of Prism mini-albomi bilan debyut qilgan.
Diskografiyasi
Singl +NomYilPeak ChartSotuvlarAlbomKOR Gaon"Han River at Night" ()2015— albomsiz singl"Inferiority Complex" ()20163 KOR: 888,848Notebook"Chemistry" ()28 KOR: 40,317+U.F.O (Utter Force On)"Make U Dance"2021— albomsiz singl"Firefly"201688 KOR: 33,107+Fall in, girl Vol. 1"Taxi"— rowspan="3" Inkigayo Music Crush Part. 2"Hold Your Hand" ()2017—albomsiz singl"Blossom"2019—
Filmografiyasi
Veb-shou YilNomRol2016Oh My God! TipOʻzi
Radio koʻrsatuvlari YilNomRolIzohlar2022Turn up the volumeSpecial DJ17-Avgust
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar