Polsha (Polsha Respublikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha: republika (respublika) soʻzi emas, balki eski — Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni — 312,7 ming km². Aholisi — 38,5 mln kishi (2014). Poytaxti — Varshava shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (województwo)ga boʻlinadi.
Tabiati thumb|250px|left|Tatra togʻlari250x250px|thumb|left|PolshaPolsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari — toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan — 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²).
Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va janubida keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmonzorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shimoli-sharqda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Qushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.
Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, belaruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til — polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi — katoliklar. Shahar aholisi — 62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqalar.
Tarixi
Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1-yarmida Polsha hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. XVII-IX asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. X asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq, XII asrga kelib Polsha davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. XIII asr oxirida knyaz Pshemisl II rahbarligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. XIV-XV asrlarda yagona Polsha davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. XV asrning 1-yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364-yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.
thumb|250x250px|Gryunvald jangi, 1410|left
XVI asrning 2-yarmidan Polsha davlati ukrain, belarus va rus yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609–1612 yillarda Polsha Rossiyaga hujum qildi.
thumb|250x250px|Vena jangi, 1683|left
Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772–1793–1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–1815-yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi. thumb|250px|left Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saqlab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–1831, 1846–1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). XIX asr oxiri — XX-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belarus Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi. thumb|270px|Jang paytida polshalik otliqlar, 1939
1939-yil 1-sentyabrda Olmoniya Polshaga hujum qilib, Ikkinchi jahon urushini boshladi. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq kurash olib bordi. 1945-yil mayda barcha polyak yerlari ozod qilindi. 1952-yildan 1989-yil-gacha mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-yillar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik roʻy berdi. 1981-yil dekabrda harbiy holat joriy etildi. 1989-yilda „Birdamlik“ kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chiqdi va davlatning nomi Polsha Respublikasi deb atala boshladi. 1997-yil 25-mayda oʻtkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Polsha — 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari –3-may — 1791-yilgi Konstitutsiya kuni va 11-noyabr — Mustaqillik kuni (1918).
X — XIX asrlar X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha — qirollik.
XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qoʻshilib, totor-moʻgʻul bosqinidan kuchsizlangan gʻarbiy rus yerlariga yurish qiladi.
Lyublino birligiga boʻysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat — Mushtarak narsani tashkil qiladi.250px|thumb|left|Polsha 11 asrlarda.thumb|250px|left|Polsha 16-17 asrlarda.Peterburg konvensiyalariga koʻra 1770 –90-x yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya oʻrtasida boʻlinib olingan edi (3 boʻlim — 1772, 1793, 1795). Ukrain va belaruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV–XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir.
1807da Napoleon I Polsha yerlarining bir qismidan Varshava knyazligini tashkil etdi. Vena kongressi (1814–15) Polshani qaytadan taqsimladi: Varshava knyazligining katta qismidan Polsha Chorligi barpo etildi (Rossiyaga berilgan); Poznanshchina Prussiyaga tegdi hamda oʻzi bilan birga Sileziya va Pomoryeni saqlab qoldi; baʼzi hududlar Avstriyaga oʻtgan.
Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 1830–1831, 1846, 1848, 1863–64da bostirilgan.
XX asr 1915–18da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi.
1918da Polsha mustaqilligi tiklandi.
1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi magʻlubiyati bilan tugaydi va 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra 1921yili Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga oʻtadi.
1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanatsion tuzum tuziladi.
1931 yilning 15-iyunida SSSR va Polsha doʻstlik va savdo aloqalari toʻgʻrisidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25-yanvarida SSSR va Polsha oʻzaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi.
1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani boʻlib olishadi. Polsha qaramogʻiga koʻmir koni joylashgan Teshin rayoni oʻtadi.
Davlat tuzumi thumb|270px|Parlament — Sejm Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata — seym va yuqori palata — senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Asosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalari Demokrat partiya, 1939-yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997-yil tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979-yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990-yil asos solingan; Polyak xristian demokratlari kelishuvi partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992-yil asos solingan; Polshani tiklash harakati, 1995-yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991-yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994-yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984-yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning „Birdamlik“ kasaba uyushmasi, 1981-yil tuzilgan; „Birdamlik“ kasaba uyushmasi, 1980-yil tashkil etilgan; „Birdamlik-80“ kasaba uyushmasi, 1990-yil „Birdamlik“ kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980–81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi.
Iqtisodiyoti Xoʻjaligi Polsha — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi — Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi.
thumb|600px|center|Varshava
Sanoati thumb|250px|Belxatov thumb|250px|Gdinya Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi. thumb|250px|left|Vrotslav