Islomofobiya bu Islom diniga yoki umuman musulmonlarga nisbatan qoʻrquv, nafrat yoki notoʻgʻri tushunchaga ega boʻlish, ayniqsa, geosiyosiy kuch yoki terrorizm manbai sifatida qaralgandaSee Egorova; Tudor (2003) pp. 2-3, which cites the conclusions of Marquina and Rebolledo in: "A. Marquina, V. G. Rebolledo, 'The Dialogue between the European Union and the Islamic World' in Interreligious Dialogues: Christians, Jews, Muslims, Annals of the European Academy of Sciences and Arts, v. 24, no. 10, Austria, 2000, pp. 166-68. ".
Islomofobiya atamasining maʼnoviy jihatdan qamrovi va aniq taʼrifi bahsli mavzulardan biridir. Baʼzi olimlar buni ksenofobiya yoki irqchilikning bir koʻrinishi deb hisoblaydilar, boshqalari esa islomofobiya va irqchilikni bir-biri bilan chambarchas bogʻliq yoki qisman bir-biriga mos keladigan hodisalar deb hisoblashadi. Yana bir turdagi olimlar har qanday munosabatlarga eʼtiroz bildirgan holda, din irq emasligini asoslab beradilar..
Islomofobiya keltirib chiqaradigan sabablari ham munozarali mavzulardandir, xususan , 11-sentabr voqealari, „Islomiy davlat“ jangari guruhlarining kuchayishi, Yevropa va Qoʻshma Shtatlardagi yuz bergan terraktlar natijasida islomofobiya kuchayganini taxmin ostiga olingan. Islomiy ekstremistlar fobiyaning ushbu turini Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqida musulmonlarning koʻpayishi bilan bogʻlaganlar va global ravishda kuchayib borayotgan islom madaniyatining oʻziga xosligi paydo boʻlishiga javob sifatida koʻradilar.
2022-yil 15-martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Islom hamkorlik tashkiloti nomidan Pokiston tomonidan kiritilgan konsensusga asoslanib 15-martni "Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni " deya eʼlon qilingan rezolyutsiyani qabul qiladi.
Atamalar Islom va musulmonlarga nisbatan salbiy his-tuygʻular va negativ munosabatlarga nisbatan qoʻllanadigan bir qator atamalar mavjud. Jumladan, Anti-Muslimizm, Musulmonlarga nisbatan murosasizlik, musulmonlarga qarshi xurofot, Musulmonlarga qarshi mutaassiblik, musulmonlarga nafrat, anti-islomchilik, muslimofobiya, islomni demonizatsiya qilish yoki musulmonlarni demonizatsiya qilish. Nemis tilida islomofobiya (qoʻrquv) va Islamfeindlichkeit (dushmanlik) soʻzlari qoʻllanadi. Skandinaviya tilidagi „Muslimhat“ atamasi tom maʼnoda „musulmonlarga nafrat“ degan maʼnoni anglatadi.
Musulmonlarni kamsitish holati ularning diniy eʼtiqodiga bogʻliq boʻlgan shakldagi holat musulmonofobiya, muslimofobiyaning muqobil shakli esa islomofobizm va antimuslimizm deb nomlanadiRacism and Human Rights. p. 8, Raphael Walden — 2004Muslims in Western Europe. p. 169, Jørgen S. Nielsen — 2004Childrenʼs Voices: Studies of Interethnic Conflict and Violence in European schools, Mateja Sedmak, p124. Umuman musulmonlarni kamsituvchi shaxslar islomofoblar, Anti-Musulmonlar2002, Fred halliday, Two hours that shook the world, p. 97, Anti-Muhammadchilar, muslimofoblar nomlari bilan ataladi. Musulmonlarga qarshi mutaassiblikka ega boʻlgan shaxslar anti-masjid, Anti-Shialar (yoki Shiafoblar)2013, Glen Perry, The International Relations of the Contemporary Middle East, p. 161, Anti-soʻfiylarToyin Falola — 2001, Violence in Nigeria: The Crisis of Religious Politics and Secular Ideologies, p. 240, "Anti-Sufism itself is therefore a marker of identity, and the formation of the Izala proves this beyond any reasonable doubt". (soʻfiyfobiyalar)Colonialism and Revolution in the Middle East, p. 197, Juan Ricardo Cole — 1999, "Ironically, the Sufi-phobia of the British consuls in the aftermath of 1857 led them to look in the wrong places for urban disturbances in the 1860s." va anti-sunniylar(yoki sunniyfobiyalar)2005, Ahmed Hashim, Insurgency and Counter-insurgency in Iraq, Cornell University Press (2006), .
Etimologiyasi Islomofobiya soʻzi neologizm boʻlib, islom va -fobiya soʻzlaridan hosil boʻlgan yunoncha soʻz hisolanadi. Ingliz tilida "qoʻrquv — — ʻ, „- — dan nafratlanish“ maʼnosini bildiruvchi otlarni hosil qiluvchi soʻzlardan ushbu soʻz strukturasida foydalanilgan
Oksford inglizcha lugʻatiga koʻra, bu soʻz „Islomni qattiq yoqtirmaslik yoki undan qoʻrqish, xususan, siyosiy kuch sifatida musulmonlarga nisbatan dushmanlik yoki notoʻgʻri fikrlash“ degan maʼnoni anglatadi. 1910-yilda Alen Quellien tomonidan nashr etilgan tezisda „Gʻarb va nasroniy sivilizatsiyasi xalqlari orasida keng tarqalgan islomga qarshi notoʻgʻri fikrlash“ni tasvirlash uchun fransuzcha islamofobiya soʻzidan iqtibos keltirilishi 1923-yilda ingliz tili asosidagi soʻz bilan tasdiqlangan. Bu ibora 1976-yilda Georges Chahati Anavati maqolasida qayta paydo boʻlgunga qadar „islomga dushmanlik hissi“ iborasini afzal koʻrgan ingliz tilida soʻzlashuvchilar soʻz boyligi tarkibiga qoʻshilmagan edi"What makes the task difficult, perhaps impossible, for a non-Muslim is that he is compelled, under penalty of being accused of Islamophobia, to admire the Koran in its totality and to guard against implying the smallest criticism of the textʼs literary value" (Anawati 1976).. Atama musulmon dunyosida mavjud boʻlmagan, ammo, keyinchalik, 1990-yillarda arabchaga ruhāb al- islām (rhạb ạlạslạm) deb tarjima qilinadi va soʻzma-soʻz "Islomdan qoʻrqish" degan maʼnoni anglatadi.
Berklidagi Kaliforniya universitetining Islomofobiya tadqiqoti va hujjatlashtirish loyihasi ushbu rasmiy taʼrifni taklif qiladi: "Islomofobiya — bu mavjud yevropatsentrik va sharqona global kuch tuzilmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan qoʻrquv yoki notoʻgʻri talqin. Ushbu termin iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlardagi mavjud tafovutlarni saqlab qolish va kengaytirish orqali musulmonga qilingan asl tahdidlarga qaratilgan. Shu bilan birga maqsadli tashkillashtirilgan zoʻravonlikning jamoaviy „sivilizatsiya reabilitatsiyasi“ga erishish vositasi sifatida qoʻllanish zaruriyatini asoslaydi.
Bahslar 1996-yilda Runnymede Trust Sasseks universiteti prorektori Gordon Konvey raisligida Britaniya musulmonlari va islomofobiya vakillari ishtirokida komissiya (CBMI) tuzildi. Komissiyaning „Islomofobiya: barchamiz uchun muammo“ hisoboti 1997-yil noyabr oyida Ichki ishlar vaziri Jek Strou tomonidan nashr etiladi. Runnymede hisobotiga koʻra, islomofobiya bu "musulmonlarga nisbatan asossiz qoʻrquv va yoqtirmaslikni oʻz ichiga olgan dunyoqarash deya eʼtirof etiladi. Bu esa komissiya aʼzolari orasida ziddiyot va istisnolarga sabab boʻladiEncyclopedia of Race and Ethics, p. 215. Bu atamaning kiritilishi hisobotdagi „Musulmonlarga qarshi xurofot soʻnggi yillarda shu qadar sezilarli darajada tez oʻsdiki, ushbu holatni taʼriflash uchun yangi iboraga muhtojlik sezdik“ degan baho bilan oqlandi.
2008-yilda Lids universitetida etnik kelib chiqish va irqchilikni oʻrganish markazi tomonidan tashkil etilgan „Islomofobiya orqali fikr yuritish“ mavzusida seminar boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar orasida S. Sayyid, Abdulkarim Vakil, Liz Fekete va Gabrielle Marancilar ham bor edi. Simpoziumda islomofobiya tushunchasini Islomga ochiq va yopiq qarashlar mahsuli sifatida ishlatish taklif qilinadi.
Izohlar
Manbalar
Turkum:Irqchilik Turkum:Ksenofobiya Turkum:Siyosiy atamalar Turkum:Islomofobiya Turkum:Dinga oid tushunchalar