Li Joo-yeon (1987- yil 19-martda tugʻilgan), ilgari Jooyeon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U „After School“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan. „After School“ni tark etgach, u birinchi navbatda aktrisalikka eʼtibor qaratgan. U „Smile Again“ (2010) dramasida aktrisalik debyutini qilgan va oʻshandan beri boshqa dramalarda bir necha bor ishtirok etgan.

Faoliyati 2007-yilda Jooyeon "My Tutor Friend 2 " filmida Azumi sifatida kameo rolini ijro etgan. Jooyeon debyutidan oldin internetda „Ulzzang“ yoki „eng yaxshi yuz“ sifatida mashhur boʻlgan, bu uning tabiiy goʻzallik xususiyatlari bilan ommaga tanilganidanidan dalolat beradi'Ulzzangʻ Jooyeon, Hot Topics.OSEN, 2006. U 2008-yil 29-dekabrda „SBS“ telekanalining qoʻshiq festivalida „After School“ bilan birinchi norasmiy chiqish qilgan holda, Son Dam-bi bilan „Play Girlz“ qoʻshigʻini ijro etgan.

2015-yil yanvar oyida, „After School“dagi faoliyatini bitirgach, Jooyeon aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun „Better ENT“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan. U oʻzining yangi kompaniyasi ostida birinchi marta "Sorry, I Love You, Thank You" filmida Jung Xe-mi rolini ijro etgan. Oʻshandan beri u bir qancha dramalarda, jumladan, „All Kinds of Daughters-In-Law“ serialida suratga tushgan.

2017-yilda Li „The King“ kriminal filmida va „Saimdang, Memoir of Colors“ tarixiy dramasida aktrisa sifatida rol ijro etgan. 2018-yilda Jooyeonning „Better ENT“ bilan shartnomasi tugagan va u yangi agentlikni qidira boshlagan. Keyinchalik u „Mystic Story“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan. Oʻsha yilning oxirida Jooyeon „The Undateables“ va „Devilish Charm“ filmlarida yordamchi rollarni ijro etgan.

2021-yil 27-mayda Lee „C-JeS Entertainment“ bilan shartnoma tuzdi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar