Andrey Oleksiyovich Lunin ( Andrey Lunin; 1999-yil 11-fevralda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi va Ukraina milliy futbol terma jamoasi darvozaboni.

Jamoalardagi faoliyati Lunin „Metalist“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiyi Aleksandr Xrabrov) va „Dnepr“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiy Kostyantyn Pavlyuchenko) jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Dnepr 2016-yilning yozidan boshlab, oʻsmirlar sport maktabini tugatgandan soʻng, u „Dnepr“ zaxira jamoasida oʻynadi. Lunin 17 yoshida asosiy tarkib futbolchisi sifatida 2016-yil 16-oktyabr kuni Ukraina Premer-ligasida Lvovning „Karpaty“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Mavsumning qolgan qismida „Dnepr“ning birinchi raqamli darvozaboni boʻlib, jamoa safida liga va klub musobaqalarida jami 25ta oʻyinda maydonga tushdi. Biroq mavsum yakunida moliyaviy tartibsizliklar tufayli „Dnepr“ toʻgʻridan-toʻgʻri Ukraina Ikkinchi ligasiga (futbolning uchinchi darajasi) tushib ketdi va koʻplab oʻyinchilar, jumladan, Luninga ham klubni tark etishga ruxsat berildi.

Zorya Lugansk Lunin 2017-18-yilgi mavsumni „Zorya Lugansk“ klubi tarkibida oʻtkazib, u yerda ham qisqa muddat ichida oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatdi. 2017-yilning 14-sentyabrida Lunin Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Arena Lvov“ oʻyingohida „Östersunds“ga qarshi bahsda (0:2) Yevropadagi debyutini oʻtkazdi. U oʻsha mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda, shu jumladan, Zoryaning Yevropa Ligasidagi oltita oʻyinida maydonga tushdi.

Real Madrid link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/LuninLega.jpg/200px-LuninLega.jpg|left|thumb|200x200px| Lunin Ispaniya kubogi doirasida CD Leganésga qarshi oʻyinda. 2018-yilning 19-iyunida Madridning „Real“ klubi Zorya Lugansk bilan Lunin transferi yuzasidan 8,5 million yevro va 5 million bonuslar evaziga kelishuvga erishdiReal Madrid sign goalkeeper Andriy Lunin, UNIAN (20 June 2018). Toʻrt kundan soʻng shartnoma imzolandi va u klub tarixidagi birinchi ukrainalik futbolchiga aylandi. 2018-yilning 27-avgustida u La Liganingboshqa bir jamoasi CD Leganesga ijaraga berildi. Chempionatning yarmida u Ivan Kuelyarning oʻrinbosari boʻlishidan mamnun ekanligini va shartnomasini yakunlashini aytdi.

2019-yil 13-avgustda u 2019/20 yilgi mavsum uchun „Real Valyadolid“ ga ijaraga berildi. 2019-yil 15-oktyabrda Lunin 2019-yilgi Golden Boy mukofoti uchun 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi 20 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritildi.

2020-yilning 15-yanvarida „Real Valyadolid“ bilan shartnoma bekor qilindi. Oʻsha kuni Real Oviedo Luninni 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi.

U 2020-21-yilgi Ispaniya Kubogi doirasida Alkoyanoga qarshi 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsning qoʻshimcha boʻlimida maydonga tushib „Real Madrid“ safidagi ilk debyutini oʻtkazdi. Madridliklar 2021-22 yilgi mavsum chempionligini rasmiylashtirganidan soʻng, Lunin 2022-yil 8-may kuni Madrid derbisida „Real“ 1:0 hisobida „Atletiko“ga gʻalabani boy bergan oʻyinda La Ligadagi debyutini amalga oshirdi. 2022-yil 15-may kuni u „Kadis“ga qarshi oʻyinda harakat qilib, penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi va jamoani mehmondagi magʻlubiyatdan asrab qoldi (1:1).

Xalqaro maydondagi karyerasi Lunin Ukraina terma jamoasidagi debyutini 19 yoshida, 2018-yilning 23-mart kuni Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) oʻtkazdi.

2019-yilda u Ukraina U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatidagi birinchi gʻalabasiga erishdiSpirited comeback earns Ukraine first U-20 title; FIFA.com, 15 June 2019.. U jamoaning yettita oʻyinidan oltitasida maydonga tushdi, Serbiya va Lyuksemburgga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi oʻyinlarida Ukrainaning asosiy tarkibiga chaqirilgani uchun Kolumbiyaga qarshi chorak final uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan final oʻyinidan soʻng (3:1) Lunin turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida „Oltin qoʻlqop“ bilan taqdirlandi.

Karyera statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Mintaqaviy Jami Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Dnepr 2016-17 Ukraina Premer-ligasi 22 0 3 0 — 25 0 Zorya Lugansk 2017-18 Ukraina Premer-ligasi 29 0 1 0 6 0 36 0 Real Madrid 2018-19 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0 2020-21 La Liga 0 0 1 0 0 0 1 0 2021-22 La Liga 2 0 2 0 0 0 4 0 2022-23 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 2 0 3 0 0 0 5 0 Leganes (ijara) 2018-19 La Liga 5 0 2 0 — 7 0 Valyadolid (ijara) 2019-20 La Liga 0 0 2 0 — 2 0 Oviedo (ijara) 2019-20 Segunda divizioni 20 0 — — 20 0 Karyera jami 78 0 11 0 6 0 95 0

Xalqaro

Ukraina Yil Oʻyin Gol 2018 4 0 2019 1 0 2020 1 0 2022 1 0 Jami 7 0

Sovrinlari Real Madrid

La Liga: 2021-22 Ispaniya Superkubogi: 2021-22 UEFA Chempionlar Ligasi: 2021-22 UEFA Superkubogi: 2022

Ukraina U20

FIFA U-20 Jahon chempionati: 2019

Individual

Ukrainaning oltin isteʼdodi: 2017-yil FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin qoʻlqop: 2019

Manbalar

Havolalar

Profile Real Madrid CF saytida

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:FC Zorya Lugansk futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:CD Leganés futbolchilari Turkum:Real Valladolid futbolchilari Turkum:Real Oviedo futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar