Xalqaro boks assosiatsiyasi (), qisqartma shakli (AIBA) — Bokschilar federasiyasi milliy assosiasiyasi 1920-yil 24-avgustda tashkil etilgan.

Nomlanishi:

Xalqaro havaskor bokschilar federatsiyasi — (fr. Fédération Internationale de Boxe Amateur, FIBA) 1920-yil 24-avgust; Xalqaro havaskor boks assosiatsiyasi (ingliz. Amateur International Boxing Association, AIBA) 1946-yil 28-noyabr; 2007-yil 22-noyabrda AIBA reforma doirasida hozirgisiga oʻzgartirildi, biroq qisqartirilgan nomi oʻzgarishsiz qolishiga qaror qilindi. 2021-yil 12-dekabrda Xalqaro boks assosiasiyasining navbatdan tashqari Kongressi tashkilotning yangi qisqartmasi – IBA ni tasdiqladi. 2022-yil 14-mayda Umar Kremlev XBA prezidenti etib qayta saylandi.

Tarixi AIBA 1920-yil 24-avgustda Antverpen Olimpiadasi vaqtida Xalqaro havaskor boks federasiyasi (FIBA) sifatida tashkil etilgan.

FIBA 1946-yilda tugatilgan. Angliya havaskor boks assosiasiyasi Fransiya boks federasiyasi bilan birgalikda Xalqaro havaskor boks assosiasiyasini (AIBA) tuzdi. Assosiasiya prezidenti etib Emil Gremo saylandi.

2010-yilda WSB yarim professional boks ligasi tashkil etildi.

2017-yilning dekabrida XOQ Vu Ching Kuo boshqaruvidagi AIBA taqdiridan xavotir olayotgan edi. Keyinchalik tashkilot tomonidan u umrbod ishdan chetlashtirildi.

2019-yilda XOQ (Xalqaro olimpiada qoʻmitasi) AIBA faoliyatiga chek qoʻyilishini va Olimpiada oʻyinlaridan chetlashtirish uchun ovoz berdi.

2020-yil 12-dekabr sanasida Umar Nazarovich Kremlev 57,33% ovoz bilan Xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti etib saylandi. Xuddi shu yili AIBA islohot jarayonini boshladi. Beshta yangi qoʻmita tuzildi: murabbiylar qoʻmitasi, chempion va faxriylar qoʻmitasi, Musobaqalar qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, tibbiyot va antidoping qoʻmitasi. Islohotlar jarayonida AIBA havaskor boksda erkaklar va ayollar uchun vazn toifalari sonini mos ravishda 13 va 12 taga oshirdi. Jahon chempionatining mukofot puli oltin uchun 100 000 dollar, kumush uchun 50 000 dollar va bronza uchun 25 000 dollar qilib belgilandi. Milliy federasiyalarga moliyaviy yordam dasturi ham joriy etildi.

2020-yil 13-dekabrda AIBA yangi konstitusiyani qabul qildi.

2021-yilda Istvan Kovachs AIBA bosh kotibi etib tayinlandi. Shuningdek, bu yil professor Ulrix Xaas AIBA boshqaruv tizimini isloh qilish boʻyicha mustaqil guruhga raislik qildi.

2021-yil 7-aprelda AIBA Gazprom bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi, natijada Rossiya kompaniyasi tashkilotning bosh hamkori maqomini oldi.

2021-yil 28-may kuni AIBA CISM Xalqaro harbiy sport kengashi bilan shartnoma imzoladi. Xuddi shu yili tashkilot ITA xalqaro doping-test agentligi bilan ham bitim imzolandi.

AIBA buyurtmasi bilan 2016-yilgi Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlaridagi janglar natijalarini manipulyasiya qilish faktlarini aniqlash maqsadida kanadalik advokat Richard Maklaren tayinlandi va u tergov ishlarini olib borgan edi.

2021-yilda AIBA barcha qarzlaridan qutuldi, jumladan, Ozarbayjonning Benkons LLC kompaniyasining  10 million dollarlik qarzini ham toʻlab berdi.

Prezidentlar

Gremo, Emil (Fransiya), 1946—1959 podpolkovnik, Redyard Rassell (Buyuk Britaniya), 1962—1978 polkovnik, Don Xall (AQSH), 1978—1986 Anvar Chaudri (Pokiston), 1986—2006 Kaner Doganeli (Turkiya), 2006, vazifa bajaruvchi U Ching-Kuo (Tayvan), 2006—2017 Gʻofur Rahimov (Oʻzbekiston), 2017—2019 Moxamed Mustasan (Marokko), 2019—2020., vazifa bajaruvchi Umar Nazarovich Kremlyov, 2020—x. v.

Manbalar

Havolalar

Tashkilotning rasmiy sayti

Turkum:Boks